Toshkent avtobuslari 15 sentyabr kuni rekord darajadagi yoʻlovchi tashidi
15 sentyabr kuni Toshkent avtobuslaridan 1,52 milliondan ortiq yoʻlovchi foydalandi — bu barcha davrlardagi rekord koʻrsatkichdir. Bundan oldingi rekord 5 fevral kuni qayd etilgan boʻlib, unda 1,4 million yoʻlovchi tashilgan edi. Metroda esa 1,16 million yoʻlovchi tashilgan.

15 sentyabr kuni Toshkent avtobuslari yoʻlovchi tashish boʻyicha yangi rekordni oʻrnatdi — 1 520 113 kishi, deb xabar berdi Yoʻl harakatini tashkil etish markazi. Bu koʻrsatkich 5 fevral kuni qayd etilgan va 1 410 549 yoʻlovchi tashilgan avvalgi rekorddan 109 564 yoʻlovchiga yoki 7,8 foizga koʻpdir.
Ushbu kunda 170 ta yoʻnalishda 1675 ta avtobus xizmat koʻrsatib, 22 174 ta qatnovni amalga oshirdi.
Toshkent metropoliteni 15 sentyabr kuni 1 160 612 yoʻlovchi tashidi. Eng katta yoʻlovchi oqimi «Chinor», «Sergeli», «Choshtepa», «Olmazor», «Chilonzor», «Buyuk ipak yoʻli», «Doʻstlik» va «Beruniy» stantsiyalarida kuzatildi.
«Jamoat transportini tanlash — bu poytaxt koʻchalaridagi tirbandlikni kamaytirish, ekologiyani asrash va vaqtni tejashga qoʻshilgan hissadir», — deyiladi shahar Transport bosh boshqarmasi xabarida.

