Toshkent aeroporti Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib uglerod akkreditatsiyasining ikkinchi darajasini oldi
Toshkent xalqaro aeroporti Aeroportlarni karbonat angidriddan zararsizlantirish dasturining (Airport Carbon Accreditation — ACA) ikkinchi darajasini oldi. U ushbu tizim boʻyicha Level 2 darajasiga erishgan Markaziy Osiyodagi birinchi aeroport boʻldi. ACA sertifikatlari IKAO va ACI EUROPE qoʻshma seminarida Uzbekistan Airports kompaniyasiga topshirildi. Ekologik masalalarga bagʻishlangan tadbir Toshkentda 7-9 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Transport vazirligi koʻmagida boʻlib oʻtmoqda. Jami akkreditatsiya […]

Toshkent aeroporti Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib uglerod akkreditatsiyasining ikkinchi darajasini oldi
Toshkent xalqaro aeroporti Airport Carbon Accreditation (ACA) dasturining ikkinchi darajasini oldi. Shu tariqa, u Markaziy Osiyoda ushbu tizim doirasida Level 2 darajasiga erishgan ilk aeroport boʻldi.
ACA sertifikatlari IKAO va ACI EUROPE qoʻshma seminarida Uzbekistan Airports kompaniyasiga topshirildi. Ekologiya mavzusiga bagʻishlangan tadbir Oʻzbekiston Transport vazirligi koʻmagida 7—9 oktyabr kunlari Toshkentda boʻlib oʻtmoqda.
Umumiy hisobda Uzbekistan Airports tarkibidagi toʻqqizta aeroport akkreditatsiyadan oʻtdi. Samarqand, Urganch, Namangan, Fargʻona, Nukus, Termiz, Qarshi va Navoiy aeroportlari Level 1 darajasini oldi. Ushbu daraja operatsion uglerod chiqindilarining oʻlchanishi va mustaqil ravishda tekshirilishini tasdiqlaydi.
Toshkent aeroporti uglerod izini kamaytirish chora-tadbirlarini joriy etish orqali Level 2 darajasiga erishdi. Seminarning keyingi bosqichi chiqindilarni kamaytirish, barqaror aviatsiya yoqilgʻisi va energiya samaradorligiga bagʻishlanadi.
Bundan tashqari, ishtirokchilar ekologik loyihalarni moliyalashtirish va aeroportlarni iqlim oʻzgarishiga moslashtirishni muhokama qiladilar. Uzbekistan Airports SAF (barqaror aviatsiya yoqilgʻisi)ni joriy etish va infratuzilmani barqaror rivojlantirish boʻyicha oʻz tashabbuslarini taqdim etadi.

