Topuriya UFC kamaridan ayrilganidan so‘ng Getjini g‘irromlikda aybladi

Topuriya UFC kamaridan ayrilgach, Getjini g‘irromlikda aybladi
Iliya Topuriya yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tgan jangda raqibi Jastin Getjini qo‘lqop ichiga qandaydir buyum yashirganlikda aybladi.
Bunga javoban Jastin Getji ushbu post ostida quyidagi izohni qoldirdi: “Oradan 94 kun o‘tib topgan eng yaxshi bahonang shumi? Bu ham xuddi sening oxirgi janging kabi o‘ta rasvo. Yaxshiroq harakat qil, bolakay”.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14-iyun kuni Getji va Topuriya o‘rtasida chempionlik jangi bo‘lib o‘tgan va unda amerikalik jangchi muddatidan avval g‘alaba qozongan edi. Jang paytida ko‘zidan jiddiy jarohat olgan Topuriya to‘rtinchi raunddan keyin jangni davom ettirishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng u shifoxonaga olib ketilgan va unga ko‘z kosasi sinishi tashxisi qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Topuriya uchun bu MMA’dagi ketma-ket 17 ta g‘alabadan keyingi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. U 2025-yilning iyun oyida yengil vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi (ungacha kamar Islom Maxachevga tegishli bo‘lgan va u yarim o‘rta vaznga o‘tgani sababli kamarni vakant qoldirgan). 37 yoshli Getjining hisobida esa hozirda 28 ta g‘alaba va 5 ta mag‘lubiyat bor.

