«Tomorqaga yetib borgan suv - rözğorga kirgan barakadir» - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryo viloyatidagi loyihalar bilan tanişmoqda. Qarşi şahridagi «Çap tarmoq» kanalini betonlaştiriş va atrofini obodonlaştiriş işlari boşlanadi. Loyiha doirasida 1,4 ming gektar tomorqa yeri barqaror suv bilan taʼminlanib, 25 ming aholi uçun yangi dam oliş maskanlari taşkil etiladi.

«Tomorqaga yetib borgan suv - rözğorga kirgan barakadir» - Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishganini ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, hududdagi loyihalarning asosiy maqsadi aholi turmush sharoitini yaxshilash bo‘lib, odamlar bu o‘zgarishlarni kundalik hayotida his qilishi kerak.
«Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlar bilan tanishdik. Muhimi, bu ishlar natijasini odamlar kundalik hayotida his qilishi kerak», - dedi Saida Mirziyoyeva.
Viloyat uchun eng dolzarb masalalardan biri suv ta’minoti ekani qayd etildi. Shu sababli ushbu yo‘nalishdagi rejalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Xususan, Qarshi shahridagi «Chap tarmoq» kanalini betonlashtirish va uning atrofini obodonlashtirish ishlari boshlanadi. Buning natijasida 1,4 ming gektar tomorqa yerini barqaror suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.
«Tomorqaga yetib borgan suv - rözğorga kirgan barakadir», - deya ta’kidladi Saida Mirziyoyeva.
Shuningdek, kanal bo‘yida joylashgan to‘rtta mahallaning 25 ming nafar aholisi uchun kecha-yu kunduz faoliyat yuritadigan dam olish va sayr qilish maskanlari barpo etiladi.
Mazkur ishlar Qarshi shahrida suv ta’minotini yaxshilash bilan birga, aholi uchun qulay dam olish hududlarini yaratishga ham xizmat qiladi.

