Tomahawk keçikmoqda: Germaniya boşqa raketa yetkazib beruvçilarni izlayapti
Germaniya Rossiyani tiyib turiş imkoniyatlarini kuçaytiriş uçun minglab yuqori aniqlikdagi uzoq masofali zarba raketalarini sotib olişni körib çiqmoqda. Bloomberg maʼlumotiga köra, Berlin AQŞ, Niderlandiya va boşqa mamlakatlardagi işlab çiqaruvçilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Ukraina bilan ham qöşma işlab çiqariş masalasi muhokama qilinmoqda.

Tomahawk kechikmoqda: Germaniya boshqa raketa yetkazib beruvchilarni qidirmoqda
Bloomberg agentligi 23-oktabr kuni masaladan xabardor manbalarga tayanib xabar berishicha, Germaniya mudofaa vazirligi AQShning Covenant kompaniyasidan bir necha mingta yerdan uchiriladigan Anthem raketasini xarid qilish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Ehtimoliy shartnoma qiymati bir milliard yevrodan oshishi mumkin.
Covenant 2027-yildan Germaniyaning Leypsig shahrida Anthem raketalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni boshlashni rejalashtirgan. Kompaniya dastlabki yilda mingta raketa chiqarishni, keyinchalik ishlab chiqarish hajmini besh mingtaga yetkazishni ko‘zlamoqda.
Berlin ko‘rib chiqayotgan boshqa ehtimoliy yetkazib beruvchilar orasida Ruta qanotli raketalarini ishlab chiqaruvchi Niderlandiyaning Destinus SA kompaniyasi ham bor. Germaniya va Britaniyaning Hypersonica kompaniyasi esa HS1 gipertovushli raketasini yaratish ustida ishlamoqda.
Agentlik suhbatdoshlarining aytishicha, Ukraina bilan «Bars» qanotli raketalarini birgalikda ishlab chiqarish va xarid qilish yuzasidan ham maslahatlashuvlar o‘tkazilmoqda. Bloomberg ushbu raketalarni ishlab chiqaruvchi haqida ma’lumot berilmaganini qayd etgan.
Muqobil variantlarni izlash AQShdan Tomahawk raketalari va ularni yerdan uchirishga mo‘ljallangan Typhon qurilmalarini olish rejalari kechikishi mumkin bo‘lgan sharoitda kechmoqda. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, yetkazib berishdagi kechikish besh yilgacha cho‘zilishi ehtimoli bor.
Xabarda qayd etilishicha, Germaniya qurolli kuchlarining ushbu toifadagi mavjud qurollari asosan samolyotdan uchiriladigan, taxminan 500 kilometr masofaga yeta oladigan TAURUS qanotli raketalaridan iborat.
Hozircha gap ehtimoliy xaridlar va muzokaralar haqida bormoqda. Bloomberg keltirgan ma’lumotlarda yakuniy shartnomalar imzolangani aytilmagan.

