Germaniyadagi harbiy aerodrom yaqinida dron qulab tushdi

Germaniyadagi harbiy aerodrom yaqinida dron qulab tushdi
Germaniyaning Gannover shahri yaqinida dron qoldiqlari topildi, deb xabar berdi NDR teleradiokompaniyasi.
Dron bo‘laklari Shtaynxuder ko‘li yaqinidan aniqlangan. Politsiya bu haqda 14-sentyabr kuni xabardor bo‘lgan. Hozir ular dronning boshqa qismlarini qidirish bilan shug‘ullanmoqda, buning uchun aholi yashamaydigan katta hududni ko‘zdan kechirishga to‘g‘ri keladi.
Bild ma’lumotiga ko‘ra, dron qulagan joy Vundstorf harbiy aerodromidan atigi bir kilometr uzoqlikda joylashgan. Dron kimga tegishli ekani noma’lum. Politsiya, shuningdek, dron nima sababdan aynan shu hududga uchib kelganini ham aniqlashga urinmoqda.
Vundstorf harbiy aerodromida Germaniya havo kuchlarining A 400 M harbiy transport samolyotlari saqlanadi.
Qurilma Ukrainaning o‘q-dorilar ortilgan “An-124” transport samolyoti yaqinidan topilgan. Keyinroq dronlar soni bir nechta ekani ma’lum bo‘ldi. 1-sentyabr kuni Germaniya hukumati Rossiyani aeroportda qo‘poruvchilik qilishga urinishda rasman aybladi. Moskva bu ayblovlarni rad etmoqda.
Polsha harbiy vakili dron xalqaro suvlardan oqib kelgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

