Tojikistonda mehnat migrantlari uchun minimal yosh 18 etib belgilandi
Tojikiston fuqarolari endilikda chet elga ishlash uchun faqat 18 yoshdan boshlab chiqishi mumkin. Yangi 'Migratsiya to‘g‘risida'gi qonunga ko‘ra, ilk bor joriy etilgan minimal yosh cheklovi Tojikistonga ishlash uchun borayotgan xorijliklarga ham taalluqli bo‘ladi.

Tojikistonda mehnat migrantlari uchun eng kam yosh 18 etib belgilandi
Endilikda Tojikiston fuqarolari xorijda ishlash uchun faqat 18 yoshga to‘lgach chiqishlari mumkin bo‘ladi. Bu mehnat migratsiyasi uchun minimal yoshni birinchi marta belgilagan yangi “Migratsiya to‘g‘risida”gi qonunda nazarda tutilgan.
Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, mehnat migratsiyasiga faqat migrantlar huquqlari himoyasi ta’minlanadigan davlatlarga ruxsat beriladi.
Yosh bo‘yicha cheklov Tojikistonga ishlash uchun kelayotgan xorijiy fuqarolarga ham tegishli.
Yangi qonunda Tojikiston fuqarolarining xorijda ishga joylashishi uchun ikki asosiy yo‘l belgilangan: birinchisi — mustaqil ravishda ish izlash, ikkinchisi — fuqarolarni chet elda ish bilan ta’minlash huquqiga ega bo‘lgan agentliklar va boshqa tuzilmalar orqali uyushtirilgan tarzda ishga jalb etish.
Agar ish mustaqil ravishda izlanadigan bo‘lsa, migratsiya sohasidagi vakolatli davlat organi fuqarolarga zarur ma’lumotlarni bepul berishi shart. Bu yerda bo‘sh ish o‘rinlari, ish haqi miqdori, mehnat sharoitlari, ish beruvchilarning talablari, shuningdek, fuqaro borishni rejalashtirayotgan mamlakatning tartib-qoidalari va qonunchiligi haqidagi ma’lumotlar nazarda tutiladi.
Hozirda qariyb 350 ming nafar Tojikiston fuqarosi mehnat migratsiyasida bo‘lib turibdi. Ularning aksariyati Rossiya, Qozog‘iston va MDHning boshqa mamlakatlarida ishlamoqda.
1999-yilda qabul qilingan avvalgi “Migratsiya to‘g‘risida”gi qonunda mehnat migrantlari uchun minimal yosh belgilanmagan edi. Bu masala qabul qiluvchi davlat qonunchiligi hamda tegishli kelishuvlar bilan tartibga solingan.

