Toşkentda 6 kişi is gazidan vafot etdi
Hodisa 25-oktabr Mirzo Uluğbek tumanida quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bölgan. Vafot etganlardan taşqari yana 2 kişi oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentda is gazidan 6 kishi halok bo‘ldi
Toshkent shahrida is gazidan zaharlanish oqibatida 6 kishi vafot etdi. Hodisa yuzasidan Bosh prokuratura rasmiy bayonot berdi.
Vafot etganlardan tashqari yana 2 kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan xususiy uyda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, uyning yerto‘la qismiga o‘rnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan, gaz tarmog‘iga esa belgilangan tartibda tegishli texnik shartlarsiz ulangan.
Holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 116, 257, 205-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayni paytda tergov harakatlari Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Bosh prokuratura fuqarolardan gaz uskunalari va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilishni so‘ragan.
Shuningdek, gaz uskunalari va isitish moslamalari belgilangan tartibda malakali mutaxassislar tomonidan o‘rnatilishi hamda ularning texnik holati muntazam tekshirib turilishi lozimligi taʼkidlangan.

