Test: Zaynab Sadriyevaning ijodini qanchalik yaxshi bilasiz?
Kinoda Anzirat buvi, teatrda Farmon bibi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan Zaynab Sadriyeva tavalludiga 2026-yilning oktabrida 112 yil to‘ldi. Shu munosabat bilan Gazeta O‘zbekiston xalq artistining ijodiy faoliyati asosida test tayyorladi.

Test: Zaynab Sadriyevaning ijodini qanchalik yaxshi bilasiz?
Zaynab Sadriyeva 1914-yil 25-oktabrda Astraxan shahrida dunyoga kelgan. U 1930−1933-yillarda o‘zbek ishchi-yoshlar teatrida faoliyat yuritgan. 1933−1987-yillarda Hamza teatrida, 1987−1991-yillar oralig‘ida esa Abror Hidoyatov nomidagi tomoshagohda ishlagan. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Farmonbibi arazladi” va “Mirzo Ulug‘bek” kabi spektakllarda yodda qoladigan rollarni ijro etgan.
1954-yilda “Boy ila xizmatchi”, 1961-yilda esa “Gang daryosining qizi” filmida suratga tushgan. Uning ishtirokidagi “Temir erkak” filmi 1991-yilda ekranlarga chiqqan. Shuningdek, Zaynab Sadriyevaning “Rad etilgan kelin” (“Otvergnutaya nevesta”), “Tosh sanam” (“Kamennыy idol”) kabi filmlarda ham qatnashgani haqida ma’lumotlar mavjud.
1991-yil 31-oktabrda vafot etgan aktrisa 2026-yili “Buyuk xizmatlari uchun” ordeniga munosib topilgan.

