Test: Usmon Azimning asarlarini bilasizmi?
“Insonni tushunish”, “Baxshiyona”, “G‘ussa” va “Uyg‘onish azobi” singari she’riy to‘plamlar muallifi Usmon Azim 13-avgustda 76 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq shoirining ijodi asosida test tayyorladi.

Test: Usmon Azim ijodidan xabardormisiz?
Usmon Azim 1950-yil 13-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tavallud topgan. Maktabni tugatgach, hozirgi Milliy universitet deb nomlanuvchi Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
1976-yildan 1989-yilgacha respublika radiosida, 1989-yildan 1990-yilgacha esa Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo‘limida, shuningdek, prezident devonida faoliyat yuritgan. Shoirning ilk kitobi “Insonni tushunish” nomi bilan 1978-yilda nashr etilgan bo‘lib, u 2003-yildan boshlab O‘zbek milliy akademik drama teatrida adabiy xodim sifatida ishlagan.
Keyingi yili “Holat” to‘plami, 1980-yildan 1989-yilgacha esa “Oqibat”, “Ko‘zgu”, “Surat parchalari”, “Dars” va “Baxshiyona” nomli to‘plamlari chop etilgan. 90-yillarda “G‘aroyib ajdarho”, “Uyg‘onish azobi”, “G‘ussa”, “Uzun tun” va “Bor ekanda, yo‘q ekan” she’riy kitoblari, 2003-yildan 2018-yilgacha esa “Jodu”, “Adibning umri”, “So‘ngso‘zlar” va “Kollaj” kabi asarlari taqdim qilingan.
U “Baxtli bo‘laylik”, “Hujjatli film uchun syujet” va “Bahodir va Malika” radiopesalari, shuningdek, “Bir qadam yo‘l”, “Kunduzsiz kechalar”, “Bozor”, “Alpomishning qaytishi”, “Jazava”, “Baxt qushi” va “O‘tgan zamon hangomalari” pesalarining muallifidir.
“Alisher Navoiy”, “Alpomish”, “Sevgi” filmlarining ssenariysini yozgan ijodkor Pol Elyuar, Fozil Husnu Dog‘larja kabi shoirlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Sana munosabati bilan Gazeta Usmon Azim asarlari asosida test tayyorladi.

