Mahalliy

Test: Erkin A’zamning asarlarini bilasizmi?

“Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati”, “Jannat o‘zi qaydadir?” va “Otoyining tug‘ilgan yili” kabi qissalar muallifi Erkin A’zam 10-avgustda 76 yoshni qarshiladi. Sana munosabati bilan Gazeta O‘zbekiston xalq yozuvchisining asarlari asosida test tayyorladi.

Test: Erkin A’zam ijodidan xabardormisiz?

Erkin A’zam 1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida dunyoga kelgan. 1967-yilda o‘rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

U respublika radiosida, "Guliston" va "Yoshlik" jurnallarida, shuningdek, G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va San’at nashriyotida faoliyat yuritgan. 1995-yildan "Tafakkur" jurnalining bosh muharriri lavozimida ishlagan adib, 1992−1994-yillarda O‘zbekiston milliy axborot agentligida ham xizmat qilgan, bundan tashqari, O‘zbekiston Oliy Majlisining qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan.

1966-yilda viloyat gazetasida "Inson" nomli hikoyasi, 1977-yilda esa "Chiroqlar o‘chmagan kecha" hikoyalar to‘plami nashr etilgan. 1981-yilda "Otoyining tug‘ilgan yili", 1984−1988-yillarda "Olam yam-yashil", "Javob", "Bayramdan boshqa kunlar" kabi asarlari kitobxonlarga taqdim qilingan. 1998-yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist" unvoniga sazovor bo‘lgan ijodkor "Kechikayotgan odam", "Ertak bilan xayrlashuv", "Guli-guli" va "Shovqin" kabi kitoblarni ham yozgan.

Erkin A’zam qalamiga mansub "Shajara", "Jannat o‘zi qaydadir?", "Farrosh kampirning tushi" hamda "Xonadon egasi" va "Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi" asarlari asosida sahna asarlari yaratilgan. U "Chantrimore", "Piyoda", "Pakana", "Dilxiroj", "Erkak", "Zabarjad" kabi bir qator kinofilmlarning ssenariy muallifi hamdir.

Sana munosabati bilan Gazeta "Fidokorona mehnatlari uchun" ordeni sohibining asarlari asosida test tayyorladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.