Sport

“Tenerife” futbolchisi o‘yin paytidagi to‘qnashuv sabab vafot etdi

To‘qnashuvdan keyin Xesus de Migelning yuragi ma’lum vaqt urishdan to‘xtab qolgan.

“Tenerife” futbolchisi o‘yin vaqtida yuz bergan to‘qnashuv oqibatida vafot etdi

Ispaniyaning "Tenerife" klubi hujumchisi Xesus de Migel Segundaning (Ispaniyaning ikkinchi divizioni) 12-turidan o‘rin olgan "Andorra"ga qarshi uchrashuvda darvozabon bilan to‘qnashib ketib, hushini yo‘qotdi. Futbolchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, uning yuragi ma’lum vaqtga to‘xtab qolgan.

"Chuqur qayg'u bilan shuni ma’lum qilamizki, futbolchimiz Xesus de Miguel Alameda 3-noyabr, seshanba kuni soat 8:00 da vafot etdi. Bu ulkan qayg'uni hech narsa yengillashtira olmaydi. Biz bugun ushbu dahshatli yo'qotish uchun motam tutayotgan uning oilasi, yaqinlari va butun Tenerife muxlislari jamoasining qayg'usini baham ko'ramiz", deyiladi "Tenerife" rasmiy veb-saytida.

To‘qnashuvdan keyin futbolchi darhol kasalxonaga olib ketilgan. 2-noyabr, dushanba kunidan beri u kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida hushsiz holatda edi. Avvalroq u hushiga kelmagan bo‘lsa-da, mustaqil nafas olayotgani haqida xabar berilgandi.

Xesus de Miguel 21-sentyabr kuni 30 yoshni qarshi olgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.