Temir yoʻl tragediyasi shoki siyosiy jihatdan parchalangan Ispaniyada qaygʻu va gʻazabga oʻrin boʻshatib bermoqda
Oxirgi poyezd halokati umumiy saylovga bir oy qolganida Pedro Sanches hukumatiga boʻlgan bosimni yanada oshiradi.

Siyosiy jihatdan boʻlingan Ispaniyada temir yoʻl halokatidan kelib chiqqan shok qaygʻu va gʻazabga aylandi
Ispaniyada joriy yilda yuz bergan ikkinchi temir yoʻl halokatining tartibsizligi va dahshati chorshanba kuni kamida 69 kishining umriga zamin boʻlgan yuqori tezlikdagi poyezd halokatidan omon qolganlar tomonidan aniq tafsilotlari bilan tasvirlab berildi.
Lekain Ispaniya uch kunlik motam tutayotgan bir paytda, halokatdan bir necha daqiqa oldin dispetcherlik xonasida inson omili tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatoni koʻrsatuvchi sizdirilgan audioyozuvlarning oshkor qilinishi, ispaniyaliklar saylov uchastkalariga borishiga rosa bir oy qolganda, kuchli siyosiylashgan muhitda jamoatchilikning ishonchsizligi va gʻazabiga sabab boʻldi.
«Nima boʻlayotganini bilmaysiz, nima sodir boʻlganini bilmaysiz, faqat bir necha soniya ichida har tomonga urilayotganingizni bilasiz, xolos», — dedi 60 yoshli Inyaki Garsiya.
U poytaxtdan taxminan 140 km (87 mil) janubda joylashgan Urda yaqinidagi Madrid-Sevilya yoʻnalishida toʻxtab turgan va ortidan Renfe poyezdi urilgan Iryo poyezdida boʻlgan.
«Jarohatlanganlar, atrofda yurganlar, halok boʻlganlar bor edi», — dedi u. «Yondagi vagonda juda koʻp odam halok boʻlgan edi».
Atrofidagi dahshatli manzaralarni tasvirlar ekan, bir yigit BBC ga dirillagan ovozda shunday dedi: «Bundan qachondir oʻzimga kela olishimni bilmayman».
Fojia haqida yangi tafsilotlar chiqishda davom etmoqda. Urdalik farmatsevt birinchi yordam ashyolari va dori-darmonlarni koʻtarib, voqea joyiga birinchilardan boʻlib yetib keldi.
«[Yoʻlovchilardan] biri xotini va bolalari bilan xayrlashayotgan edi. Uning oxirgi soʻzlari 'Xudo buyukdir' boʻldi», — dedi Antonio Garsiya Ispaniya radiosiga.
Shunga oʻxshash qaygʻuli manzaralar bundan atigi toʻqqiz oy oldin janubdagi Adamus qishlogʻida, xuddi shu Madrid-Sevilya yoʻnalishidagi toʻqnashuvda 46 kishi halok boʻlganida ham yuz bergan edi.
Endi, Adamusda boʻlgani kabi, Urdada ham dahshatli voqealar mehribonlik va hamjihatlik harakatlari bilan baham koʻrilmoqda.
Aholi jarohatlanganlarga yordam berish uchun koʻchaga chiqdi, kunning katta qismida vaqtinchalik shifoxonaga aylantirilgan yaqin oradagi sport zaliga koʻrpa-toʻshak, oziq-ovqat va suv keltirdi.
Voqea joyini «dahshatli film» deb atagan mahalliy ayol Rosa Mariya Dominges: «Hammamiz yordam berish uchun chiqa boshladik va qoʻlimizdan kelganicha uyushdik», — dedi.
Shu bilan birga, ushbu ikki fojia keltirib chiqargan asosiy tuygʻu bu — chalkashlik va bunday hodisa qanday qilib yuz berganini tushuna olmaslikdir.
Yaqin-inagacha Yevropadagi eng yirik boʻlgan Ispaniya yuqori tezlikdagi temir yoʻl tarmogʻining tezligi, samaradorligi va xavfsizligiga qoʻshni mamlakatlar havas bilan qarar edi.
Adamusdagi halokat butun mamlakat boʻylab ushbu tarmoqning talablarga javob berishi yoki bermasligi boʻyicha munozaralarga sabab boʻlgan edi.
Ushbu oxirgi halokat Pedro Sanchesning chapchi hukumatiga boʻlgan bosimni oshirmoqda, chunki u saylovoldi kampaniyasining oraligʻida, uning Sotsialistik PSOE partiyasi koʻpchilik soʻrovnomalarda konservatorlardan ortda qolmoqda.
Chorshanba kuni kechqurun hukumatning temir yoʻl tarmogʻini boshqarishiga qarshi oʻtkazilgan norozilik namoyishi oʻng ashaddiy guruhlarni jalb qildi va ular politsiya bilan toʻqnashdi.
Ashaddiy oʻngchi Vox partiyasidan tashqari asosiy partiyalar saylovoldi kampaniyasini toʻxtatgan boʻlsa-da, Sanches halokat joyiga ikki marta tashrif buyurdi, uning Xalq partiyasidan boʻlgan raqibi Alberto Nunyes Feyxoo esa payshanba kuni Urdaga bordi.
Sanchesning transport vaziri Oskar Puente boshidanoq kompyuterdagi nosozlik va undan keyingi inson xatosi halokatning ehtimoliy sababi ekanini aniq aytdi. Kechga yaqin dispetcherlik xonasi operatorining poyezd haydovchilari bilan suhbati aks etgan sizdirilgan audioyozuvlar ushbu qarashni tasdiqlayotgandek tuyuldi.
Puente uzoq vaqtdan beri oʻngchilarning nafrati nishoni boʻlib kelgan va Ispaniya tarixidagi eng yomon ikkita temir yoʻl fojiasi uning rahbarligi davrida sodir boʻlgani sababli, tanqidlar yanada ortishi tayin.
Ispaniyaning eng yirik poyezd haydovchilari kasaba uyushmasi Semaf audioyozuvlarning sizdirilishini masʼuliyatsizlik va xolis emas deb qoraladi. Kasaba uyushmasi payshanba kuni «sayohat qilish shoshilinchligi hech qachon xavfsizlikdan ustun qoʻyilmasligini» taʼminlash uchun ish tashlashga chaqirgan edi.
Poyezd haydovchilaridan biri Visente Almenar Ispaniya ommaviy axborot vositalariga shunday dedi: «Ular hamisha zanjirning eng oxirgi, eng ojiz boʻgʻinini izlashadi, lekin bu yerda butun protsedura muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki biz hamkasbimiz ekranda nimani koʻrganini ham bilmaymiz».
Sanches temir yoʻl xavfsizligi uning kampaniyasida asosiy mavzu boʻlishini kutmagan edi, ammo endi bu ehtimol tobora ortib borayotgandek koʻrinadi.
Xuddi shu yuqori tezlikdagi yoʻnalishda ikkita halokat va 100 dan ortiq oʻlimdan soʻng, Feyxoo payshanba kuni Urdada jurnalistlarga shunday dedi: «Ispaniya xalqiga javoblar kerak. Ular oʻz mamlakatlaridagi yuqori tezlikdagi temir yoʻlda nima boʻlayotganiga hayron boʻlishmoqda».
Shuningdek, u siyosat gapirishdan emas, balki harakat qilishdan iborat ekanini taʼkidladi.

