Iqtisodiyot

«Telecom Soft»ning 10 mlrd soʻmlik tenderida bir manzildagi ikki kompaniya oʻzaro «raqobatlashdi»

«Telecom Soft» MCHJ yoʻl harakati qoidalarini avtomatik nazorat qilish tizimlari uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha tender oʻtkazdi. Loyihaning boshlangʻich narxi 10 mlrd 316 mln soʻmni tashkil etgan. Tanlovda Xitoyning «HAC Smart Technologies» kompaniyasi 657 ming dollar taklifi bilan gʻolib deb topildi. Ikkinchi ishtirokchi -«HMN Smart» esa 698 ming dollar narx bilan zaxira gʻolibi sifatida qayd etilgan.

«Telecom Soft»ning 10 mlrd soʻmlik tenderida bir manzildagi ikki kompaniya oʻzaro «raqobatlashdi»

«Telecom Soft» MCHJ yoʻl harakati qoidalarini avtomatik nazorat qilish tizimlari uchun videokuzatuv uskunalari xarid qilish yuzasidan elektron tanlov oʻtkazdi. Loyihaning boshlangʻich qiymati 10 mlrd 316 mln soʻm etib belgilangan.

Tanlov yakunlariga koʻra, Xitoyning «HAC Smart Technologies» kompaniyasi 657 ming dollar (7,76 mlrd soʻm)lik taklifi bilan gʻolib deb topilgan. Ikkinchi ishtirokchi — «HMN Smart» esa 698 ming dollar (8,24 mlrd soʻm) narx bildirgan va zaxira gʻolibi sifatida qayd etilgan. Shartnoma boʻyicha yakuniy bitim summasi 7,76 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Bir manzil — ikki «raqobatchi»

Yuqorida nomi tilga olingan ikki kompaniyaning bosh ofisi bir manzilda joylashgan: Tyanszin shahri TEDA hududi, Second Avenue koʻchasi 62-uy, MSD-B2 binosi.

Sayt menyulari, xizmat koʻrsatish boʻlimlari va loyihalar portfoliosi har ikkala kompaniyada ham deyarli bir xil. Tanlov komissiyasi ikkala korxonani ham «Manfaatlar toʻqnashuvi va affillanganlik holatlari mavjud emasligi» talabi boʻyicha «muvofiq» deb baholagan.

Maʼlumot uchun, «Telecom Soft» MCHJ 2023-yil 14-sentabr kuni roʻyxatga olingan. Faoliyat turi — boshqa toifalarga kiritilmagan professional, ilmiy va texnik faoliyat. Kompaniyaning 82,54 foiz ulushi «Oʻzbektelekom»ga, 11,69 foiz ulushi «Granit» MChJga, 2,06 foiz ulushi «Buzton» MChJga, 2,06 foiz ulushi «Svyazsoorujeniya Stroy» MChJga, 1,65 foiz ulushi «Global Optical Communication Uzbekistan» MChJga tegishli.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.