Butun dunyoda smartfonlar sezilarli darajada qimmatlashdi — tadqiqot

**Smartfonlar butun dunyo boʻylab sezilarli darajada qimmatlashdi — tadqiqot**
Jahon bozorida taqdim etilgan smartfonlarning oʻrtacha chakana narxlari 2026 yil boshidan buyon taxminan 15 % ga oshdi. Modellarning 40 % dan ortigʻi qimmatlashdi, yangi qurilmalar esa oʻrtacha oʻtgan yilgi muqobillariga qaraganda chorak barobar qimmatroq turadi.
Counterpoint tadqiqotiga koʻra, narxlarning eng sezilarli oʻsishi xaridorlar qurilmalar qiymatiga ayniqsa sezuvchan boʻlgan bozorlarga toʻgʻri keldi. Hindistonda smartfonlar oʻrtacha 21 % ga, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida — 19 % ga, Yaqin Sharq va Afrikada — 18 % ga, Lotin Amerikasida esa — 16 % ga qimmatlashdi.
Premium qurilmalar ulushi yuqori boʻlgan bozorlarda oʻsish nisbatan moʻʼtadil boʻldi: Xitoyda narxlar 10 % ga, Yevropada — 7 % ga, AQShda — 5 % ga oshdi. Ushbu mintaqalarda qimmatlashishning asosiy qismi yangi modellarga toʻgʻri keldi, sotuvda mavjud boʻlgan qurilmalarning narxlari esa kamroq oʻzgardi.
Smartfonlar qiymati oshishining asosiy sabablaridan biri xotira va boshqa butlovchi qismlarning qimmatlashishi boʻldi. Ishlab chiqaruvchilar qurilmalarning xususiyatlarini oʻzgartirish — xususan, oʻrnatilgan xotira hajmini kamaytirish, kameralar sonini qisqartirish va ayrim segmentlarda yana 4G qoʻllab-quvvatlaydigan koʻproq modellarni chiqarish orqali narxlarni ushlab turishga harakat qilmoqdalar.
Narxlarning oshishi fonida xaridorlar smartfonlarni yangilashni kechiktirmoqdalar, xotira hajmi kichikroq boʻlgan versiyalarni tanlamoqdalar va ishlatilgan qurilmalar bozoriga tez-tez murojaat qilmoqdalar. Operatorlar va riteylerlar qimmatlashishni qisman boʻlib toʻlash, eski qurilmalarni almashtirish dasturlari (trade-in) va boshqa takliflar hisobiga qoplamoqdalar.
Counterpoint Research baholashiga koʻra, yaqin choraklarda yangi smartfonlar qimmatlashishda davom etadi. Xotira taqchilligi va butlovchi qismlarning yuqori narxlari bundan keyin ham ishlab chiqaruvchilarga va ularning marjadorligiga bosim oʻtkazishi kutilmoqda.
, jahon bozorining 70 % dan ortigʻini nazorat qiluvchi Xitoy polyarizatsion plyonka ishlab chiqaruvchilari xomashyo narxi va logistika xarajatlari oshishi sababli narxlarni 10 % ga oshirishi mumkin. Ushbu butlovchi qismlarning taqchilligi kamida 2027 yilgacha saqlanib qolishi kutilmoqda.

