Tataristonda qolib ketgan Moskva avtobusi yoʻlovchilariga qoʻshimcha transport yuborildi
Moskvadan Toshkentga qarab yoʻl olgan va Tataristonda ushlab qolingan avtobus yoʻlovchilariga Oʻzbekistonga qaytishlari uchun qoʻshimcha avtobus yuborildi. Їyordam Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi tomonidan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 31 oktyabr kuni avtobus Tataristonda toʻxtatilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan edi. Oqibatda Oʻzbekiston fuqarolari safarni davom ettira olishmadi. Ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat tarqaldi […]

Moskvadan Toshkentga qarab yoʻlga chiqqan va Tataristonda ushlab qolingan avtobus yoʻlovchilariga Oʻzbekistonga qaytishlari uchun qoʻshimcha transport yuborildi. Yordam Oʻzbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi tomonidan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
31 oktyabr kuni avtobus Tataristonda toʻxtatilib, jarima maydonchasiga yuborilgan. Shu sababli Oʻzbekiston fuqarolari yoʻlni davom ettira olishmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda yordam soʻrab murojaat qilingan videopaygʻom paydo boʻldi.
Shundan soʻng konsulxona va Migratsiya agentligi vakolatxonasi tomonidan tezkor choralar koʻrildi. Yoʻlovchilarning vatanga qaytishini taʼminlash uchun qoʻshimcha avtobus yuborildi.

