Dunyo

Tashiyevga qo‘yilgan hokimiyatni kuch bilan egallash ayblovi o‘zgartirildi

Tashiyevga qo‘yilgan hokimiyatni kuch bilan egallash ayblovi o‘zgartirildi

Bishkek shahar sudi 10-sentyabr kuni “75 maktub” ishi bo‘yicha sudlanuvchilarga, jumladan, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq raisi Qamchibek Tashiyevga hukm chiqardi.

“75 maktub” ishi bo‘yicha barcha sudlanuvchilar 4 yilga hukm qilindi, biroq sud ularga 2 yil muddatga probatsiya nazoratini belgiladi. Bishkek shahar sudi “hokimiyatni kuch bilan egallash” moddasini olib tashlab, uning o‘rniga “saylov huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish” moddasini qo‘lladi. Shu bilan birga, yangi modda bo‘yicha mol-mulkni musodara qilish nazarda tutilmagan.

2-iyul kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi “75 maktub” ishi bo‘yicha hukm chiqargan edi. O‘shanda Qamchibek Tashiyev “Hokimiyatni kuch bilan egallab olish” moddasi bo‘yicha aybdor deb topilib, unga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Biroq 3 yillik probatsiya nazorati o‘rnatilib, jazoni o‘tashdan ozod etilgandi.

Fevral oyida 75 kishi prezident Sadir Japarov va Jogorku Kenesh raisiga muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni so‘rab murojaat yuborgandi. Murojaat mualliflari keyinchalik qo‘lga olinib, ayrimlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Mazkur maktub ortidan Qamchibek Tashiyev lavozimidan ozod etilgandi. O‘shanda prezident Sadir Japarov do‘sti Tashiyevning “75 maktub”ga aloqadorligini tergov va sud aniqlashini aytgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.