Siyosat

“Tashabbusli byudjet”da ovoz beruvchilar portreti ishga tushdi

Endi u yoki bu loyihaga ovoz beruvchi shaxslarning jinsi, mobil operatori va qaysi hududda roʻyxatdan oʻtganini ham koʻrish mumkin.

"Tashabbusli byudjet" loyihalariga ovoz bergan fuqarolar haqida ma'lumot olish imkonini beruvchi "Ochiq byudjet" portalida yangi funksiya – "Ovoz beruvchilar portreti" ishga tushirildi.

Endilikda har bir ovoz bo'yicha ovoz beruvchining jinsi, yoshi, hududi va qaysi aloqa operatori abonentligi kabi batafsil ma'lumotlar mavjud.

Barcha ovozlar "Bir fuqaro – bir ovoz" tamoyiliga muvofiq, tegishli tekshiruvlardan o'tkazilgandan so'ng qabul qilinadi.

Eslatib o'tamiz, ilgari portalda faqat ovoz beruvchilarning telefon raqamidagi oxirgi raqamlar va ovoz berilgan vaqtni ko'rish mumkin edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.