Tadbirkorlarga ish oʻrinlari yaratish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
Oilaviy va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashning yangi meхanizmi joriy etilmoqda: tuman va shahar shtablari mablagʻlarni imtiyozli kreditlash va qarzlar boʻyicha foizlarning bir qismini qoplashga yoʻnaltirishi mumkin boʻladi. Ijtimoiy reyestrdagi oilalarni kooperatsiya loyihalariga jalb qilgan tadbirkorlarga 5 mlrd soʻmgacha garovsiz kredit beriladi.

Tadbirkorlar uchun ish oʻrinlari yaratishda imtiyozli kreditlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi
Prezidentning 11.09.2026 yildagi “Barqaror ish oʻrinlarini yaratish va kichik biznesni jadal rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-sonli Farmoni qabul qilindi.
Hujjatga koʻra, barqaror ish oʻrinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida tashkil etiladigan tuman va shahar shtablari oilaviy va yoshlar tadbirkorligi dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni taqsimlash yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Shtablar 3,2 trln soʻmdan ortiq moliyaviy resurslarni tasarruf etishi mumkin boʻladi, jumladan: oilaviy tadbirkorlik dasturiga ajratilgan mablagʻlardan 1,37 trln soʻm, yoshlar biznesi uchun 450 mlrd soʻm, shuningdek, Kambagʻallikni qisqartirish jamgʻarmasidan 240 mlrd soʻm va Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan 100 mlrd soʻm.
Shtab qaroriga asosan, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarni kooperatsiya loyihalariga jalb qilgan yetakchi tadbirkorlar har bir xonadonga 50 mln soʻm miqdorida garovsiz kredit olishlari mumkin boʻladi. Bunda kreditning eng yuqori miqdori 5 mlrd soʻmni tashkil etadi.
1 oktyabrdan boshlab shtablar oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, kichik va oʻrta korxonalarga berilgan bank kreditlari boʻyicha foizlarning bir qismini kompensatsiya qilish haqida ham qaror qabul qiladi. Subsidiyalarni toʻlash uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi javobgar boʻladi.
Qaror qabul qilishda mahalliy sharoit, rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlari va loyihalarning samaradorligi asosiy mezon sifatida olinadi. Kredit tarixi, barqarorlik reytingi yoki korxona toifasiga qoʻshimcha talablar qoʻyish taqiqlanadi.
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ham oʻzgaradi — tuman va shahar shtablari ijtimoiy yordam va xizmatlar koʻrsatiladigan “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalarining mablagʻlarini (760 mlrd soʻm) tasarruf etish imkoniyatiga ega boʻladi.
2027 yil 1 yanvardan boshlab odamlarning ijtimoiy yordam va xizmatlarga ehtiyoji, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritish haqidagi qarorlar baholash tizimi asosida aniqlanadi. Moliyaviy holatdan tashqari, oila a’zolarining surunkali kasalliklari, nogironlik, mehnat migratsiyasi, bolalar soni va boshqa omillar ham hisobga olinadi.
Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati ball tizimi orqali baholanadi. Natijalarga koʻra, oilalarga tegishli toifalar beriladi va ular ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari hamda xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Shu bilan birga, Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi mehnat shartnomalari boʻyicha band boʻlgan ayollarga homiladorlik va tugʻish ta’tili tugaganidan boshlab bola bir yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa toʻlashni boshlaydi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2026 yildan kuchga kirdi.

