Siyosat

«Taʼlimga eng koʻp ishongan odamimni bejiz olib kelmadim». Prezident — Turdimov haqida

Shavkat Mirziyoyev har bir universitet kim uchun va qanday kadrlar tayyorlayotganini aniq belgilab olishi kerakligini aytdi. Erkinjon Turdimovning Taʼlim va fan vaziri etib tayinlangani haqida gapirganda, prezident toʻrtta viloyatni boshqargan insonni bejiz tanlamaganini taʼkidladi.

«Taʼlimga eng koʻp ishongan insonimni bejiz olib kelganim yoʻq». Prezident — Turdimov haqida

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni Yangi Toshkentdagi uchrashuvda Erkinjon Turdimovning yangi Taʼlim va fan vazirligi rahbari etib tayinlanganiga izoh berdi.

«Soni koʻpaydi, lekin sifati kam. Bundan buyon har bir universitet kim uchun va qanday kadrlar tayyorlayotganini aniq belgilab olishi kerak. Toʻrtta viloyatga hokim boʻlgan insoni Taʼlim vazirligiga bejizga olib kelganim yoʻq», — dedi davlat rahbari.

«Gazeta» 9 oktyabr kuni Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va fan vaziri etib tayinlangani haqida xabar bergan edi. Shu munosabat bilan u 2025 yilning yanvar oyidan beri egallab kelayotgan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Ilgari Turdimov Navoiy viloyatini 2008—2016 yillarda, Surxondaryo viloyatini 2016 yil dekabridan, Samarqand viloyatini esa 2018 yil iyulidan 2024 yil noyabr oxirigacha boshqargan.

Taʼlim va fan vazirligi 3 oktyabr kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligini birlashtirish yoʻli bilan tashkil etilgan edi. Islohot taʼlimning barcha bosqichlari hamda ilmiy faoliyat oʻrtasidagi integratsiya va uzviylikni taʼminlashni, yagona boshqaruv tizimini joriy etishni va jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni oshirishni nazarda tutadi.

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va fan vaziri taʼlim, fan va sogʻliqni saqlash sohalaridagi vazifalarning bajarilishini muvofiqlashtiradi. Ularning ijrosini nazorat qilish va tashkil etish Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga yuklatildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.