Mahalliy

Taʼlim tashkilotlarida bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish kuchaytirilmoqda

Bir qator NHHlarga voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish uchun masʼul boʻlgan shaxslar tomonidan ularga nisbatan jismoniy zoʻravonlik qilish, ularni kamsitish va haqoratlash uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik qilgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan pedagoglar bir yil muddatga pedagogik faoliyatdan chetlashtiriladi.

Taʼlim tashkilotlarida bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish kuchaytirilmoqda

11.09.2026 yildagi OʻRQ-1174-sonli Qonun bilan bolalarning ijtimoiy himoyasini takomillashtirishga qaratilgan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq:

– taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish majburiyatlari yuklatilgan shaxs tomonidan tarbiyalash va taʼlim berish jarayonida jismoniy zoʻravonlik sodir etilishi, shuningdek, ularni kamsitish yoki haqorat qilish kabi harakatlarda ifodalanadigan tarzda ustidan kulish (jinoyat alomatlari va boshqa belgilangan huquqbuzarliklar mavjud boʻlmagan taqdirda), BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Shuningdek, davlat yoki nodavlat muassasasining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bola uchun aliment toʻlashi shart boʻlgan ota yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonun bilan belgilanishicha, ota-onadan yoki ularning biridan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydasiga undiriladigan aliment miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb etiladi.

Pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar bir yil davomida quyidagi taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi:

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 12.09.2026 yildan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.