Texnologiya

SWIFT fazoviy teleskopi Yer atmosferasida yonib ketdi

Fazoviy observatoriya koinotdagi eng kuchli energetik portlashlar — gamma-chaqnashlarni tadqiq etish bilan shug‘ullangan

SWIFT fazoviy teleskopi Yer atmosferasida yonib ketdi

NASA ma’lumotiga ko‘ra, 22 yil xizmat qilgan SWIFT fazoviy teleskopi o‘z orbitasini tark etib, Indoneziya hududi ustida Yer atmosferasida yonib ketdi. 1450 kilogramm massaga ega bo‘lgan qurilma Grinvich bo‘yicha soat 12:39 da atmosferaga kirgan.

Ushbu fazoviy observatoriya koinotdagi eng kuchli energetik portlashlar — gamma-chaqnashlarni o‘rganish bilan shug‘ullangan edi.

Kosmik apparat faoliyati davomida 2 mingdan ziyod gamma-chaqnashni hamda 1,4 mingta o‘ta yangi yulduz portlashini qayd etgan. Iyun oyida Link shatakchi yo‘ldoshi yordamida teleskopning xizmat muddatini uzaytirishga urinish bo‘lgan, biroq bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.