Layfstayl

Suyaklar, xotira va yurak faoliyati uchun: qo‘ziqorinning inson organizmiga qanday foydasi bor?

**Suyaklar, xotira va yurak faoliyati uchun: qo‘ziqorinning inson organizmiga qanday foydasi bor?**

Qo‘ziqorinni yaxshi ko‘rib iste’mol qiladiganlar uchun quvonchli xabar bor. Qo‘ziqorin nafaqat taomning mazasini yaxshilaydi, balki sog‘liqqa ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, deb yozadi “Noviy ochag”.

**Qo‘ziqorinlar yana nima uchun foydali?**

**Yosh ko‘rinishni saqlashga yordam beradi**

2017-yilda Pensilvaniya shtati universiteti o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, qo‘ziqorinlar ikkita antioksidant — ergotionin va glutationning juda yuqori konsentratsiyasini o‘z ichiga oladi. Bu antioksidantlar organizmni ajinlar kabi qarishning ko‘rinadigan belgilarini keltirib chiqaradigan fiziologik stressdan himoya qiladi.

**Miyadagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlarni sekinlashtiradi**

Tadqiqotchilarga ko‘ra, yuqorida tilga olingan ikkita antioksidant — ergotionin va glutation — Parkinson va Alsgeymer kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Kelajakda nevrologik kasalliklar xavfini kamaytirish uchun kuniga kamida beshta qo‘ziqorin iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ularning ozuqaviy xususiyatlarini yaxshiroq saqlash uchun ularni mikroto‘lqinli pechda yoki grilda pishirish kerak.

**Xotirani yaxshilaydi**

Bu ruhiy salomatlik bilan bog‘liq yana bir foyda. Singapur Milliy universiteti tadqiqotchilari 2019-yilda haftasiga ikki porsiya qo‘ziqorin iste’mol qilish kognitiv pasayish ehtimolini kamaytirishi mumkinligini aniqlagan.

**Yurak salomatligini yaxshilaydi**

Qo‘ziqorin taomlarning ta’mini tuzdan ham yaxshiroq oshiradi, chunki ular tarkibida glutamat ribonukleotidlari bor. Ushbu birikmalar qon bosimi yoki yurak xastaligi xavfiga ta’sir qilmasdan mazali ta’m beradi. Qo‘ziqorinlarning bir butun porsiyasida atigi 5 mg natriy mavjud. Shuningdek, ular qizil go‘sht uchun ajoyib o‘rinbosar bo‘lib, qo‘shimcha kaloriya, yog‘ va xolesterinni kamaytiradi.

**Suyaklarni mustahkamlaydi**

Supermarketdan UVB ko‘rsatilgan qadoqni tanlash lozim. Bunday qo‘ziqorinlar qorong‘ida o‘stirilganlariga qaraganda quyosh nurini ko‘rgan bo‘ladi va ergosterol deb ataladigan birikmani to‘g‘ridan to‘g‘ri D vitaminiga aylantiradi. D vitamini esa suyak salomatligini mustahkamlaydi.

**Energiyani oshiradi**

Qo‘ziqorinlar B guruhi vitaminlariga boy: riboflavin (B2), foliy kislotasi (B9), tiamin (B1), pantotenik kislota (B5) va niatsin (B3). Ular organizmga iste’mol qilinadigan oziq-ovqat energiyasidan foydalanishga yordam beradi va kislorod tashiydigan qizil qon hujayralarini ishlab chiqaradi.

**Qanday qilib ko‘proq qo‘ziqorin iste’mol qilish kerak?**

Shuningdek, qo‘ziqorinlardan nonushta uchun omlet tayyorlash tavsiya etiladi. Makaron sousiga biroz qo‘ziqorin qo‘shib, uni yanada xushta’m qilish mumkin.

Ammo foydali va yeyilmaydigan qo‘ziqorinlarni farqlash juda muhim. Yovvoyi tabiatda o‘sadigan qo‘ziqorinlarni iste’mol qilishdan saqlanish lozim. Ular zaharli bo‘lib, og‘ir kasalliklarga, ayrim hollarda esa o‘limga olib kelishi mumkin. Qo‘ziqorinlarni keng tarqalgan joyda — oziq-ovqat do‘konidan sotib olish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.