Kuz mavsumida tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan D vitaminiga boy mahsulotlar

Kuz mavsumida tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladigan D vitaminiga boy mahsulotlar
Salomatlik uchun muhim bo‘lgan D vitamini nafaqat metabolizm, balki suyaklar va miya faoliyati uchun ham foydali hisoblanadi. Uning yetishmovchiligi oqibatida organizmda bir qator kasalliklar yuzaga keladi. Issiq mavsumda bu vitaminni quyosh nuridan olish mumkin bo‘lsa, havo salqinlashgani sayin kunlik ehtiyojni qoplash uchun “quyosh vitamini”ga boy mahsulotlarni iste’mol qilish lozim.
**Qo‘ziqorin**
100 gramm qo‘ziqorinda kunlik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan D vitamini mavjud. Shu bois ushbu mahsulotdan taom tayyorlash, uni salat yoki sendvichga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya etiladi.
**Losos**
Losos balig‘i D vitaminining manbayi hisoblanadi. Organizmda “quyosh vitamini” me’yorda bo‘lishi uchun hafta davomida ikki marta losos iste’mol qilib turish kerak.
**Tuxum**
Bir dona tuxumda D vitamini kunlik me’yorining 4 foizi bo‘lgani sababli, faqat uning o‘zi bilan kunlik ehtiyojni qoplab bo‘lmaydi, ammo qo‘shimcha sifatida iste’mol qilish mumkin. Tuxumdan tayyorlangan nonushta eng foydali variantlardan biri.
**Pishloq**
100 gramm pishloqda D vitamini kunlik me’yorining 3 foizi mavjud. Pishloqni muntazam iste’mol qilish insultga chalinishning oldini oladi hamda yurak qon-tomirlar salomatligini ta’minlaydi.

