Layfstayl

Kuzda avj oluvchi kasalliklar: ulardan qanday himoyalanish mumkin?

Kuzda avj oluvchi kasalliklar: ulardan qanday himoyalanish mumkin?

Kuz faslida nafaqat kayfiyat tushishi kuzatiladi, balki organizm ham kasalliklarga ko‘proq moyil bo‘lib qoladi. Biroq buning oldini olish uchun choralar bor: masalan, D vitamin darajasini nazorat qilish, turli narsalardan zavqlanish va sayr qilish mavsumiy kasalliklardan saqlanishga yordam beradi.

Bularning barchasi D vitamin yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, tadqiqotlarning birida organizmida D vitamin darajasi past bo‘lgan odamlar yetarlicha quyosh nuriga to‘yinganlarga nisbatan tushkunlikka tushish ehtimoli 10 baravar ko‘p ekani aniqlangan.

Quyosh nurlari tanada zarur bo‘lgan ozuqaviy azot oksidini ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa modda almashinuvi jarayonining uzluksiz ishlashiga ko‘maklashadi va ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ultrabinafsha nurlar ta’sirida vazn ortib borishini sekinlashtirish va qandli diabetning oldini olish mumkinligi ma’lum bo‘lgan.

Uy sharoitida qancha ko‘p vaqt o‘tkazilsa, ko‘krak bezi, prostata bezi saratoni va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, Garvard jamoat salomatligi maktabi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida quyosh nurlari yetishmasligi tufayli D vitamini kam bo‘lgan odamlarda yurak xastaligi ikki baravar yuqori bo‘lishi tasdiqlangan. Oldini olish uchun esa kuniga kamida 15 daqiqa piyoda yurish, quyosh nuri yetarli bo‘lmasa-da, D vitaminiga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Artrozni eslatuvchi suyak va mushaklar og‘rig‘i quyosh nuri va D vitamin yetishmasligi tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Chunki quyosh nuri kollagen va kalsiyni to‘g‘ri taqsimlash uchun zarur. Shu sababli kuz va qishda, quyoshsiz kunlarda qariyalar suyak yoki mushaklarda qattiq og‘riq sezadi.

Agar kun davomida quyosh nuri keragicha qabul qilinmasa, kechasi uxlash qiyinroq kechadi. Shuningdek, ko‘p vaqt sun’iy yorug‘lik ostida yoki kompyuterda ishlash ritmlarni jiddiy ravishda buzishi va uyqusizlik rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Ma’lumki, kuz fasli juda ko‘p terlashga sabab bo‘ladigan issiq mavsum emas. Ammo D vitamini yetishmovchiligi, ayniqsa, boshning kuchli terlashiga olib keladi. Bu holat tana harorati normal va stress bo‘lmagan paytda ham yuz beradi. Shuning uchun ham terlash alomati tez-tez kuzatilayotgan bo‘lsa, D vitamin bilan bog‘liq muammoni bartaraf qilish vaqti keldi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.