Suv olish tartibini buzganlik uchun jarimalar: ular qanday hisoblanadi va qanday qilib ikki baravar kam toʻlash mumkin
2026 yil 22 oktyabrdan suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar toʻgʻrisidagi yangi Nizom amal qilmoqda (21.10.2026 yildagi 585-son VMQ). U sanktsiyalarni qoʻllash tartibini, hisob-kitob formulasini va ixtiyoriy toʻlanganda «imtiyozlar»ni belgilaydi.

Suv olish tartibini buzganlik uchun jarimalar: ular qanday hisoblanadi va qanday qilib ikki baravar kam toʻlash mumkin
2026 yil 22 oktyabrdan suv olish tartibini buzganlik uchun moliyaviy sanktsiyalar toʻgʻrisidagi yangi Nizom kuchga kirdi (21.10.2026 yildagi 585-son VMQ). Hujjat sanktsiyalarni qoʻllash tartibini, ularni hisoblash formulasini va ixtiyoriy toʻlanganda «imtiyozlar»ni belgilaydi. Bundan tashqari, 2027 yildan boshlab birinchi marta sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ogohlantirish bilan cheklanish mumkin boʻladi.
Nizom qishloq va baliqchilik xoʻjaligi, sanoat, energetika yoki xoʻjalik-maishiy ehtiyojlar uchun ustkuri suv obʼyektlaridan — daryolar, kanallar, suv omborlaridan suv oladigan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Nima suv olish tartibini buzish hisoblanadi
Quyidagi hollarda suv olish suv olish tartibini buzish deb tan olinadi:
Jarima qanday hisoblanadi
Sanktsiya miqdori tartibni buzgan holda olingan suv hajmiga bogʻliq va har 1 000 kub. m uchun bazis hisoblash miqdorining (BHM) foizlarida quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
M = Q / 1 000 × (BHM × k%), bu yerda M – sanktsiya summasi, Q – tartibni buzgan holda olingan suv hajmi (kub. m), k – Suv kodeksining 164-moddasida belgilangan konkret huquqbuzarlik uchun BHM miqdori.

