Surxondaryoda texnikum oʻqituvchisi 16 yoshli talaba qizga shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida texnikum oʻqituvchisi voyaga yetmagan talaba qizga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilishda aybdor deb topildi. Sud unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi. Ish hujjatlariga koʻra, sentyabr oyi oxirida ishlab chiqarish taʼlimi ustasi dars vaqtida 16 yoshli talaba qizni fizika xonasidan olib chiqib, kafedra xonasiga boshlagan. U yerda u qizga nisbatan shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etishga uringan […]

Surxondaryoda texnikum oʻqituvchisi 16 yoshli talaba qizga shilqimlik qilgani uchun 5 sutkaga qamaldi
Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida texnikum oʻqituvchisi voyaga yetmagan talaba qizga nisbatan jinsiy shilqimlik qilishda aybdor deb topildi. Sud unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.
Ish hujjatlariga koʻra, sentyabr oyi oxirida ishlab chiqarish taʼlimi ustasi 16 yoshli talaba qizni fizika darsidan olib chiqib, kafedra xonasiga boshlab borgan. U yerda qizga nisbatan jinsiy xususiyatga ega harakatlar sodir etishga uringan. Talaba qiz qarshilik koʻrsatib, xonadan yugurib chiqib ketgan.
Keyinroq erkak unga notanish raqamdan qoʻngʻiroq qilib, oʻzini boshqa nom bilan tanishtirgan va sport zaliga kelishni soʻragan. Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, u yerda erkak yana unga shilqimlik qila boshlagan. Qiz xonani tark etishga muvaffaq boʻlgan.
Sudda erkak talaba qizni darsdan olib chiqqanini tasdiqladi, biroq har qanday jinsiy xususiyatga ega harakatlar sodir etganini inkor qildi.
Sud uni Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41-1-moddasi 1-qismida (jinsiy shilqimlik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi va 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosini tayinladi.

