Sunʼiy yöldoşlarni orbitada maxsus «tansoqçilar» qöriqlaşi mumkin
Yaponiyaning Astroscale kompaniyasi muhim sunʼiy yöldoşlarni xavfli yaqinlaşuvlar va ehtimoliy hujumlardan himoya qiladigan kosmik apparatlar guruhini yaratişni taklif etdi. Buning uçun orbitadagi çiqindilarni olib taşlaş va yöldoşlarga texnik xizmat körsatiş texnologiyalaridan foydalaniş mumkin.

Sunʼiy yöldoşlar orbitada maxsus «tansoqchilar» tomonidan qöriqlanishi mumkin
Astroscale’ning mudofaa loyihalari yönalişi rahbari Aleks Godfrining aytişicha, kompaniya «tansoqçi» sunʼiy yöldoşni uç yildan kam vaqt ichida uçirishga tayyor holatga keltira oladi.
Bu g‘oyaning asosi kompaniyaning orbitadagi obyektlarga yaqinlaşish va ular bilan işlash bo‘yicha orttirgan tajribasiga tayanadi. Astroscale 2024-yilda ADRAS-J missiyasi doirasida yapon raketasining işlatib bölingan bosqichini bevosita orbitada yaqindan tekşirgan. Apparat Yerga yaqin past orbitada faoliyat olib borgan.
2021–2024-yillarda davom etgan ELSA-d missiyasida esa kompaniya tijorat loyihasi doirasida kosmik obyektlarni ushlash texnologiyasini namoyiş etgan. Endi shu imkoniyatlarni boshqa sunʼiy yöldoşlarni himoya qilishga moslashtirish taklif etilmoqda.
Godfrining tushuntirişicha, orbitada texnik xizmat körsatuvchi apparatlar juda yuqori manyovrlikka ega bölişi kerak. Masalan, sunʼiy yöldoşga yonilg‘i quyish yoki işdan chiqqan obyektni orbitadan chiqarish uchun unga bevosita tutashish darajasida yaqinlaşish zarur.
Kompaniya vakili ana shu aniq harakatlanish imkoniyatlari orbitadagi muhim obyektlarni qöriqlashda ham qöl kelishi mumkinligini taʼkidlagan.
Taklif kosmik apparatlar xavfsizligiga oid xavotirlar kuchaygan paytda bildirildi. Space.com xabariga köra, Rossiya sunʼiy yöldoşi ICEYE kompaniyasiga tegishli, Yer yuzasini radar yordamida kuzatuvchi apparat yaqinida manyovrlar bajargan. Bu holat yöldoşga ehtimoliy zarar yetkazilishi mumkinligi haqida xavotir uyg‘otgan.
«Tansoqchi» yöldoşning vazifasi begona apparatlarning himoya qilinayotgan obyektga xavfli darajada yaqinlashishining oldini olishdan iborat böladi.
Godfri bu g‘oyani aviataşuvchini qöriqlash tizimiga qiyoslagan. Uning aytishicha, aviataşuvchi dengizga yolg‘iz chiqmaydi - uni kichikroq va arzonroq harbiy kemalar kuzatib boradi hamda himoya qiladi. Orbitada ham qimmatbaho yöldoşlarni nisbatan ixçam apparatlar qöriqlashi mumkin.
Kompaniya vakili bunday himoya apparatini yaratish Buyuk Britaniya kabi alohida bir davlatning texnik va moliyaviy imkoniyatlari doirasida ekanini aytgan.
Shu bilan birga, u umumevropa «tansoqchi» yöldoşlar guruhini tashkil etishni taklif qilgan. Bunday apparatlar muhim kosmik obyektlar joylashgan hududlarni patrul qilib, bir necha ittifoqchi davlatning yöldoşlarini birgalikda himoya qilishi mumkin.

