Sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarning yagona reyestri yaratilmoqda
Davlat ehtiyojlari uchun «takliflar soʻrovi» asosida xarid qilinishi mumkin boʻlgan sunʼiy intellekt asosidagi axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi tasdiqlandi. Bunday xaridlarning qiymati BHMning 2 500 baravaridan oshmasligi kerak.

Sunʼiy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarning yagona reyestri yaratilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 22.09.2026 yildagi 510-son qarori bilan «Takliflar soʻrovi» asosida davlat xaridlarini amalga oshirishga ruxsat etilgan tadbirkorlik subʼyektlarining sunʼiy intellekt asosidagi axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlari) reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat 22.10.2025 yildagi PF-189-son Farmonga muvofiq, davlat organlari va davlat ulushi 50 foiz boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarda SI asosidagi axborot tizimlarini (dasturiy mahsulotlarini) joriy etish va qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan boʻlib, quyidagilarni nazarda tutadi:
Yagona reyestrga kiritilgan SI asosidagi axborot tizimlari (dasturiy mahsulotlari) roʻyxati «ai.gov.uz» milliy portalida joylashtiriladi, xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarga esa yagona reyestrda roʻyxatdan oʻtgan dasturiy mahsulotlarni joriy etish boʻyicha umumiy summasi BHMning 2 500 baravaridan oshmaydigan davlat xaridlarini «takliflar soʻrovi» asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Vazirlik va idoralar dasturiy mahsulotlarni oʻz tarkibiy infratuzilmasiga toʻgʻri joriy etish va tizimlarni tashkil etish, shuningdek, ularni takroran xarid qilish va ularga byudjet mablagʻlarining asossiz sarflanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun javobgardir.
Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 23.09.2026 yildan kuchga kirdi.

