Texnologiya

Suhbatni matnga aylantiradigan aqlli soat taqdim etildi

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, soat 17 ta tildagi soʻzlashuvlarni real vaqtda matnga aylantira oladi.

Suhbatni matnga aylantiruvchi aqlli soat namoyish etildi

Xitoyning Mobvoi kompaniyasi suhbatlarni yozib olib, ularni avtomatik tarzda matnga aylantiradigan TicNote Watch aqlli soatlarini ishlab chiqdi. Qurilma nutqni soat ekranida matn ko‘rinishida aks ettirishi, suhbat yakunlangach esa sun’iy intellekt yordamida uning qisqacha mazmunini tayyorlab berishi mumkin.

Ovoz yozishni boshlash uchun maxsus tugmani ikki soniya bosib turish yetarli. Qisqa fikrlarni qayd etish uchun alohida rejim ham mavjud.

Qurilma korpusiga shovqinni kamaytirish tizimiga ega ikkita mikrofon o‘rnatilgan. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ular 3–5 metr masofadan nutqni qabul qila oladi.

TicNote Watch’ning asosiy xususiyatlaridan biri — suhbatni bevosita soat ekranida matn shaklida ko‘rsatishi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, tizim 17 ta tildagi so‘zlashuvlarni real vaqt rejimida matnga aylantira oladi.

Suhbat davomida foydalanuvchi bir marta bosish orqali muhim jumlani belgilab qo‘yishi mumkin. Yozuv tugagach, tizim belgilangan jumlalarni jamlaydi, sun’iy intellekt esa suhbatning qisqacha mazmunini yaratadi.

Soat uzluksiz 24 soatdan ortiq vaqt davomida ovoz yozishi mumkin. Ichki xotirasida esa 200 soatdan ortiq audioyozuv saqlanadi. Yozib olingan ma’lumotlar TicNote ilovasi va kompaniyaning bulutli xizmati bilan sinxronlanadi. U yerda audioyozuvlarni qidirish, tartibga solish va ular asosida qaydlar bazasini shakllantirish mumkin.

TicNote Watch shuningdek, yurak urish tezligi, qonning kislorod bilan to‘yinganlik darajasi, stress darajasi, uyqu holati, GPS orqali yo‘nalishlar kabi ma’lumotlarni ham ko‘rsatadi.

Soatdagi Shadow AI 2.0 yordamchisi esa saqlangan audioyozuvlar bo‘yicha ma’lumot olish va bir nechta yozuv orasidan kerakli ma’lumotni izlash imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.