Dunyo

“Stixiya” AQShdagi Burning Man festivalida Mo‘ynoq va Orol dengiziga bag‘ishlangan installyatsiya taqdim etdi

O‘zbekistonning 'Stixiya' festivali AQShdagi dunyoga mashhur Burning Man festivalida The Last Shore ('So‘nggi qirg‘oq') installyatsiyasini taqdim etdi. Mo‘ynoq va Orol dengizi fojiasiga bag‘ishlangan bu ish art-dastur saralashidan o‘tdi, tadbir yakunlangach Los Anjelesdagi bog‘lardan biriga o‘rnatildi.

“Stixiya” AQShdagi Burning Man festivalida Mo‘ynoq va Orol dengiziga bag‘ishlangan installyatsiyani namoyish etdi

“Stixiya” elektron musiqa, fan va san’at festivali AQShning Nevada shtatidagi Blek Rok cho‘lida o‘tkaziladigan dunyoga mashhur Burning Man festivalida The Last Shore (“So‘nggi qirg‘oq”) installyatsiyasini taqdim qildi.

Joriy yilgi festival 31-avgustdan 7-sentabrgacha davom etdi va dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, turli mamlakatlardan qariyb 80 ming ishtirokchini bir joyga jamladi.

San’at dasturida Markaziy Osiyo nomidan saralovdan o‘tgan O‘zbekiston va Qozog‘iston loyihalari qatnashdi.

The Last Shore installyatsiyasi “Stixiya” festivali tomonidan mustaqil art-loyiha sifatida yaratildi va moliyalashtirildi. “Stixiya” asoschisi Otabek Sulaymonov Burning Man festivalida ishtirok etib, jamoa bilan birga uni festival davomida quriladigan Blek Rok (Black Rock City) shaharchasiga o‘rnatdi.

Art-obyekt Orol dengizining qurib borishiga hamda “Stixiya” festivali an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan sobiq port shahar — Mo‘ynoqka bag‘ishlangan.

Installyatsiya ishlov berilmagan temirdan tayyorlangan metall portal bo‘lib, uning yuzasi Orolning sobiq tubida qolgan zanglagan kemalarni eslatadi. Portaldan o‘tilganda ovozli kompozitsiya yangraydi va tashrif buyuruvchilar dengiz, chag‘alaylar shovqini, kemalar hamda qoraqalpoq tilida gaplashayotgan bolalar ovozlarini eshitadi.

Burning Man tugagach, installyatsiya Nevadadan Los Anjelesga ko‘chirildi va shahardagi bog‘lardan biriga o‘rnatildi.

Burning Man jamoasi, shuningdek, The Last Shore loyihasiga bag‘ishlangan podkastning alohida sonini yozib oldi. U 2026-yil oxirigacha chiqarilishi kutilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.