SpaceX Oy missiyasi uçun kabina qurmoqda - uning içi qanday körinişga ega?
NASA SpaceX kompaniyasi Oyga qönuvçi Starship kemasi uçun yaratayotgan yaşaş bölimi tasvirlarini ilk bor namoyiş etdi. Cabin 1 deb nomlangan kabina muhandislarga uskunalarni sinaş, astronavtlarga esa bölajak ekspeditsiyalarga tayyorgarlik köriş imkonini berişi kerak.

SpaceX Oy missiyasi uchun kabina tayyorlamoqda — uning ichki qismi qanday ko‘rinishga ega?
Cabin 1 hozir Texasdagi Starbase kosmodromida, SpaceX’ning Starfactory korxonasida yig‘ilmoqda. NASA kabina suratlari bilan birga kemani ishlab chiqishning asosiy bosqichlari bo‘yicha yangilangan jadvalni ham e’lon qilgan. U agentlik 2028-yilga rejalashtirgan astronavtlarni Oyga qo‘ndirish missiyasigacha bo‘lgan ishlarni qamrab oladi.
Suratlardan birida yorqin yoritilgan tor bo‘lim tasvirlangan. Uning devorlari oq yumshoq panellar bilan qoplangan, shift paneli esa yog‘och ko‘rinishida ishlangan. Ichkarida mahkamlash tasmalari bo‘lgan yumshoq yotoqqa o‘xshash konstruksiya ham ko‘rinadi.
Boshqa tasvirda Starship’ning po‘lat korpus qismida illyuminatorlar uchun ochilgan qator tuynuklar ko‘rsatilgan. Yana bir kadrda ishchilar konstruksiyani jihozlayotgani aks etgan.
Taqdim etilgan jadvalga ko‘ra, Cabin 1 qurilishi 2026-yilning to‘rtinchi choragida yakunlanishi kerak. Bort tizimlarini sinash 2027-yilning birinchi choragiga, shlyuz ishini namoyish etish esa ikkinchi chorakka rejalashtirilgan.
Kabina, avvalo, «Artemida IV» missiyasi va undan keyingi ekspeditsiyalarga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan. Unda muhandislar jihozlarni tekshiradi, ekipajlar esa haqiqiy parvoz sharoitlariga yaqin muhitda mashq qiladi.

