Soliq qoʻmitasi ish staji uchun kimlar ijtimoiy soliq toʻlashi kerakligini tushuntirdi
Oʻzbekistonda ijtimoiy soliqni belgilangan hollarda toʻlash mehnat stajini hisoblashda ushbu davrni hisobga olish imkonini beradi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi. Ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar, dehqon xoʻjaliklari aʼzolari va tomorqa yer egalari toʻlashlari mumkin. Bunday imkoniyat chet elda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, fuqarolar ijtimoiy soliqni […] uchun toʻlashlari mumkin

Soliq qoʻmitasi ish staji uchun kimlar ijtimoiy soliq toʻlashi kerakligini tushuntirdi
Oʻzbekistonda nazarda tutilgan hollarda ijtimoiy soliq toʻlanishi mehnat stajini hisoblashda ushbu davrni inobatga olish imkonini beradi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.
Oʻzini oʻzi band qilganlar, dehqon xoʻjaliklari aʼzolari va tomorqa yer egalari ijtimoiy soliqni ixtiyoriy ravishda toʻlashlari mumkin. Bunday imkoniyat, shuningdek, chet elda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun ham nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, fuqarolar ishlamaydigan turmush oʻrtoqlari uchun ham ijtimoiy soliq toʻlash huquqiga ega. Ixtiyoriy toʻlovning eng kam miqdori yiliga bir bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etadi.
Bir qator toifalar uchun bunday toʻlov majburiy hisoblanadi. Ular qatoriga «Hunarmand» uyushmasi aʼzolari, «Usta-shogird» maktablarining 25 yoshgacha boʻlgan ish davridagi shogirdlari, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarning xodimlari kiradi.
Soliq qoʻmitasi nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlanishi fuqarolarning pensiya olish huquqlari shakllanishiga taʼsir qilishini taʼkidladi.

