Layfstayl

Sog‘liqqa ziyon keltirmaslik uchun magniy va kalsiyni qay tarzda qabul qilish kerak?

Magniy va kalsiyni sog‘liqqa zarar yetkazmasdan qanday qabul qilish kerak?

Kalsiy organizm hujayralarining shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan asosiy element hisoblanadi. Yurak, tishlar, suyaklar, sochlar, tirnoqlar va boshqa a’zolarning salomatligi uning miqdoriga bog‘liq. Wday nashrining yozishicha, ushbu materialda kalsiyni qanday qabul qilish kerakligi haqida ma’lumot olasiz.

**Kalsiy iste’molini qachon boshlash kerak?**

Kalsiyni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslahatlashish zarur. O‘zbilarmonlik bilan ish qilish tavsiya etilmaydi, chunki bu elementning ortiqcha miqdori ishtahani yo‘qotishga, jigar va buyraklar holatining yomonlashishiga, ko‘ngil aynishi, qusish va tutqanoqqa olib kelishi mumkin.

Shifokorlar kalsiyni kechki ovqatdan keyin ichishni tavsiya qiladilar. Bu shunchaki taxminiy tavsiya emas, balki ilmiy asosga ega. Olimlar inson organizmining biologik ritmlari bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazganlar. Ma’lum bo‘lishicha, kunduzi organizm kalsiyni minimal miqdorda, kechasi esa maksimal darajada iste’mol qiladi. Ushbu kimyoviy elementning yetishmasligi bilan organizm kalsiyni suyak to‘qimasidan oladi, bu esa bo‘g‘inlar bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ladi.

**Kalsiyni nima bilan birga qabul qilish lozim?**

Shifokorlar kalsiyni yolg‘iz qabul qilish yetarli emas deb hisoblaydilar. Bu element D vitamini bilan birga sintez qilinmasa, organizmda so‘rilmay qoladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, D vitaminini o‘z ichiga olgan taomlar kalsiy preparatlarini qabul qilishdan 4 soat oldin iste’mol qilinishi kerak. Kalsiy tabletkalari tarkibida kalsiy bo‘lgan oziq-ovqat bilan birga qabul qilinishi mumkin. Bunday mahsulotlar:

* Kefir

* Sut

* Tvorog

* Smetana

* Yogurt

Ba’zi mutaxassislar kalsiy magniysiz kamroq so‘rilishini ta’kidlasa, boshqalari bu ikki elementni alohida-alohida ichish kerakligini aytadi.

Sog‘liqqa ziyon yetkazmaslik uchun kalsiyni qanday qabul qilish afzal? Oltin o‘rtalikni topish uchun shifokorlar bunday dorilarni 2:1 nisbatda ichishni taklif qiladilar: 1 gramm kalsiy uchun 0,5 gramm magniy. Kalsiyning tabiiy so‘rilishi uchun taomnomaga grechka va arpa yormalari, keshuyong‘og‘i, bodomni qo‘shish kerak.

**Kalsiyni qancha vaqt mobaynida ichish mumkin?**

Ushbu elementni tabletka ko‘rinishida doimiy ravishda qabul qilish yaramaydi. Miqdorning ko‘pligi kutilgan natijani beradi degani emas. Kalsiyni kurs mobaynida ichish lozim, ammo kurs davomiyligi 1-2 oydan oshmasin.

**Ekspert fikri**

Kasallikning tibbiy nomi osteoporozdir. Kasalliklar soni bo‘yicha u 4-o‘rinni egallaydi (onkologiya, yurak-qon tomir kasalliklari va diabetdan keyin).

Osteoporoz — bu suyak massasining asta-sekin kamayishi. Kasallik ayollarda ko‘p uchraydi, ayniqsa, suyak massasi menopauza davrining birinchi yilida kamaya boshlaydi. Ushbu davrda ayol har yili 20 foizgacha, keyin esa 2-5 foiz suyak massasini yo‘qotadi. Osteoporozning asosiy sababi kalsiy yetishmasligidir. Nima uchun kalsiy yetishmaydi?

Sabablari ko‘p: jinsiy gormonlarning kamayishi, D vitamini yetishmasligi, kalsiyni ichakdan suyaklarga asosiy o‘tkazuvchisi — oziq-ovqatda yog‘larning yetishmasligi (ularsiz D vitamini so‘rilmaydi), spirtli ichimliklar (kalsiyni yuvilib ketishiga olib keladigan paratiroid gormonini ishlab chiqarishni ko‘paytiradi), kofein va proteinli ovqatlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish ham kalsiyni organizmda so‘rilmasdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.

Voyaga yetgan odamga kuniga 1000 mg kalsiy, 50 yoshdan oshgan ayolga esa 1200 mg bu element zarur.

Bolalar uchun: 1-3 yosh — 500 mg, 4-8 yosh — 800 mg, 9-18 yosh — 1300 mg.

Barcha sut mahsulotlari kalsiyning ajoyib manbaidir. 100 mg kalsiy 100 ml sutda, 70 gr tvorogda, 10 gr qattiq pishloqda, 100 gr smetana tarkibida mavjud. Bu kalsiyning eng oson hazm bo‘ladigan shakli. O‘simlik mahsulotlarida ham kalsiy bor, lekin u kamroq hazm bo‘ladi.

Bir stakan sut tarkibidagi kalsiyni qabul qilish uchun 6 porsiya brokkoli iste’mol qilish lozim. Kalsiyni maxsus qo‘shimcha tarzda ichish mumkin, ammo bu faqat tibbiy tahlillarni nazorat qilish bilan amalga oshirilishi kerak. Aks holda oshqozon, buyraklar, yurak mushaklari, asab tizimi, suyaklar holatiga salbiy ta’sir qilishi ehtimoldan xoli emas.

**Magniy**

Mushaklarning qisqarishida, shu jumladan, yurak mushaklari ishida ishtirok etadi.

Magniy B6 vitamini bilan birga "yashash"ni yaxshi ko‘radi, bu vitamin magniyning so‘rilishini va uning hujayra ichiga kirib borishini ta’minlaydi.

Magniyning kunlik ehtiyoji 400-800 mg ni tashkil qiladi. Uning yetishmovchiligi charchoq, asossiz asabiylashish, tajovuzkorlik, tashvishlanish, depressiya, xotira pasayishi, shuningdek, terlash, mushaklarning spazmlari va yurak qisqarishidagi uzilishlarga olib keladi.

Magniyning eng yaxshi so‘rilishi oziq-ovqatdan olingani hisoblanadi. Yetakchi mahsulotlar — bug‘doy kepagi, qovoq urug‘i, yong‘oq, ismaloq, guruch, loviya, shokolad. Ushbu mahsulotlarning barchasi magniy B6 vitamini bilan "qo‘shni" bo‘lib, u assimilyatsiya qilish uchun juda muhimdir.

Magniyni qo‘shimcha dori ko‘rinishida qabul qilish uchun shifokor nazorati va ko‘rsatmasini olish tavsiya etiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.