Dunyo

SMTI Qatardagi hamkorlar bilan ekspertlik hamkorligini mustahkamlamoqda

2026 yilning 19–21 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Doha shahrida xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari va global hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlab oʻtkazilgan 8-Global xavfsizlik forumida (Global Security Forum 2026) ishtirok etdi. Forum doirasida E. Aripov davlat tuzilmalari vakillari hamda tahliliy […] rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi.

SMTI Qatardagi hamkorlar bilan ekspertlar darajasidagi hamkorlikni mustahkamlamoqda

2026 yilning 19–21 oktyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Doha shahrida boʻlib oʻtgan, xalkaro xavfsizlikning dolzarb masalalari va global hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga bagʻishlangan 8-Global xavfsizlik forumida (Global Security Forum 2026) ishtirok etdi.

Forum doirasida E. Aripov Qatar davlat tuzilmalari vakillari va tahliliy markazlari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazdi. Eʼtibor markazida ekspertlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, Oʻzbekiston tashabbuslarini ilgari surish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari boʻldi.

Xususan, Doha forumi bosh menejeri Maha Al-Kuvari bilan muzokaralar davomida Oʻzbekistonning ushbu xalqaro maydon ishida yanada faol ishtirok etish istiqbollari muhokama qilindi.

M. Al-Kuvari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalarga Oʻzbekiston yondashuvlari keng yoritilishidan manfaatdorlik bildirdi. Tomonlar ushbu yoʻnalishda faol hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Doha forumi xalqaro tendentsiyalar, diplomatik tashabbuslar va barqaror rivojlanish strategiyalarini muhokama qilish uchun yetakchi global platforma hisoblanadi. 2002 yilda tashkil etilganidan beri forum dunyo yetakchilari, xalqaro tashkilotlar, tahliliy markazlar va akademik hamjamiyat vakillarini birlashtiradigan maydonga aylandi.

2025 yilda Doha forumi doirasida SMTI tomonidan Jorjtaun universiteti bilan hamkorlikda Termiz muloqotiga bagʻishlangan alohida sessiya tashkil etilgan edi. Ushbu tashabbus Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilgan boʻlib, Afgʻonistonni faol jalb qilish orqali Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikning yangi arxitekturasini shakllantirishga qaratilgan.

Uchrashuvlarning muhim yoʻnalishlaridan biri SMTIning Qatar ilmiy-tadqiqot tuzilmalari bilan institutsional hamkorligini rivojlantirish boʻldi. Bu hamkorlik Oʻzbekiston-Qatar strategik sherikligini mustahkamlash manfaatlari yoʻlida qoʻshma tahliliy yondashuvlar va amaliy takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Jumladan, Global strategik tadqiqotlar instituti ijrochi direktori Muhammad Ali Chihi bilan uchrashuvda ikki institut oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzolash boʻyicha kelishuvga erishildi. Hujjatni imzolash boʻlajak Doha forumi doirasida rejalashtirilgan.

Hamad bin Xalifa universiteti huzuridagi Global strategik tadqiqotlar instituti (Qatar taʼlim jamgʻarmasi) — xalqaro va mintaqaviy tahdidlarni oʻrganish hamda strategik tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugʻullanuvchi fanlararo tahliliy markazdir. Uning faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari qatoriga nizolarni hal qilish, energetika va iqlim kun tartibi, sunʼiy intellekt, Afgʻoniston masalalari va transport-logistika oʻzaro bogʻliqligini rivojlantirish kiradi.

Oz navbatida, Nizolar va insonparvarlik tadqiqotlari markazi direktori Ghassan El-Kahlut bilan suhbat chogʻida SMTI bilan sheriklik aloqalarini oʻrnatish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Qatar tomoni oʻzaro manfaatli masalalar boʻyicha ekspertlar muloqotini yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Mintaqadagi eng yirik tahliliy muassasalardan biri boʻlgan Arab tadqiqotlar va siyosatni oʻrganish markazi tarkibida 2016 yilda tashkil etilgan Nizolar va insonparvarlik tadqiqotlari markazi tinchlikni mustahkamlash, nizolarni hal qilish va insonparvarlik yordami koʻrsatish masalalariga ixtisoslashgan. Uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari dinlararo muloqot, Afgʻoniston va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, nizodan keyingi tiklanish hamda mediatsiya va insonparvarlik huquqi sohasida mutaxassislarni tayyorlashni oʻz ichiga oladi.

Umuman olganda, boʻlib oʻtgan uchrashuvlar SMTIning Qatardagi hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlash, institutsional hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha aniq kelishuvlarga erishish va kelgusidagi ekspertlar hamkorligi istiqbollarini belgilab olish imkonini berdi. Bu Oʻzbekiston tashabbuslarini xalqaro muloqot maydonlarida ilgari surish va Oʻzbekiston-Qatar strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.