Dunyo

Shotlandiyadagi orolda 34 yil ichida birinchi chaqaloq tugʻildi

Shotlandiyadagi orolda 34 yil ichida ilk chaqaloq tug‘ildi

Shotlandiyaning chekka Shimoliy Ronaldey orolida 34 yil davomida birinchi marta chaqaloq dunyoga keldi. CNN yozishicha, aslida bola Kosta-Rikada tug‘ilishi kerak edi.

Chaqaloqning ota-onasi — Elis Treyl Ford va Xorxe Suares — yilning bir qismini Shimoliy Ronaldey orolida, qolgan qismini esa Kosta-Rikada o‘tkazadi. Sentyabr o‘rtalarida oila orolga kelganida, kutilmaganda to‘lg‘oq boshlangan. Chaqaloq 15-sentyabr kuni tug‘ilgan.

Elis Treyl Fordning ajdodlari Shimoliy Ronaldey orolini 1727-yilda sotib olgan. Ayol bolaligidan beri har yili shu yerga kelib turadi.

“Ushbu orol mening ulg‘ayishimda muhim o‘rin tutganini his qilaman. Shuning uchun bu yerda o‘zimni orolga eng yaqin va eng ko‘p bog‘langan inson deb bilaman”, dedi u.

2024-yil ma’lumotlariga ko‘ra, orolda 72 kishi yashagan. Hozir esa uning doimiy aholisi 51 kishini tashkil etadi. Shimoliy Ronaldey orolining uzunligi qariyb 4,8 kilometr, eni esa taxminan 3,2 kilometr.

Qayd etilishicha, orolda shifoxona va shifokorlar bo‘lmagani sababli u yerda uzoq yillardan beri bola tug‘ilishi kuzatilmagan. Shimoliy Ronaldeyda faqat bir hamshira doimiy yashaydi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.