Dunyo

Pokistondagi kasalxonada yong‘in chiqdi: kamida 15 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi (video)

Pokiston poytaxti Islomobod shahridagi Pokiston Tibbiyot fanlari instituti (PIMS) shifoxonasining bolalar bo‘limida 26-avgust kuni yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 15 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Al Jazeera mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.

Shifoxona ma’muriyatining ma’lum qilishicha, fojia sodir bo‘lgan vaqtda bolalar xonasida jami 16 nafar chaqaloq bo‘lgan. Ulardan faqat bir nafari qutqarib qolingan.

Yong‘in bo‘limdagi konditsioner kompressorining portlashi natijasida kelib chiqqan. Hozirda olov to‘liq o‘chirilgan bo‘lib, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyida sovutish ishlarini olib bormoqda.

Islomobod bosh komissari Sohail Ashrafning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in haqidagi favqulodda xabar mahalliy vaqt bilan ertalab soat 7:00 dan biroz oldin qabul qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.