Dunyo

Shira «gullab-yashnagan bogʻ»ni yeb bitirmoqda

«Tsivilizatsiyalashgan dunyo»ning zavoli: Ilhom Aliyevning Yevropa Ittifoqi kelajagi haqidagi keskin bayonoti ortida nima turibdi?

Shira «gullab-yashnayotgan bogʻ»ni yeb bitirmoqda

Biz avval xabar berganimizdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo mamlakatlar musulmon diniy idoralari rahbarlari Kengashining 7-yigʻilishida soʻzlagan nutqida Yevropa parlamentini «poraxoʻrlar uyasi» deb atadi va bunga aniq misol keltirdi: Yevroparlament vitse-prezidentining uyidan «chemodanlarda millionlab dollar olib chiqilgan», yakunda esa ish «bosti-bosti qilingan».

Gap Yevroparlament vitse-prezidenti lavozimini egallagan va 2022 yil dekabr oyida «Qatargeyt» deb nomlangan tergov doirasida hibsga olingan gretsiyalik siyosatchi Yeva Kayli ishi haqida bormoqda. Yevromulozim toʻrt oyga yaqin hibsda ushlab turildi, shundan soʻng uy qamogʻiga oʻtkazildi, biroq ayblovlar boʻyicha mohiyatan sud majlisi hanuzgacha boʻlib oʻtgani yoʻq.

«Aliyevning Bryusselda eshitishni istamagan bayonoti — bu shunchaki muayyan institutga qarshi hujum emas. Bu hali ham „Yevropa orzusi“ga ishonuvchilarning barchasi uchun ogohlantirishdir: siz oʻzi chuqur maʼnaviy va institutsional inqiroz holatida boʻlgan tuzilmaga intilmoqdasiz... Bu Yevropa Ittifoqi bilan nima sodir boʻlayotganining aniq tashxisidir».

Aliyev bu faktdan huquqiy daʼvo sifatida emas, balki siyosiy dalil sifatida foydalanmoqda: oʻzini shaffoflik va qonun ustuvorligi namunasi deb ataydigan tizim, amalda oʻz korruptsionerlarini xaspoʻshlaydi, deb yozadi manba.

Bir paytlar «tsivilizatsiyalashgan dunyo» namunasi boʻlib koʻringan siyosiy tuzilma bugungi kunda doimiy inqiroz rejimida yashamoqda — deindustriallashtirish, korruptsiya mojarolari, ichki boʻlinish va Vashingtonga kamsituvchi qaramlik.

Boku YEI bosimiga javob qaytarmoqda

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning Yevropa parlamenti va Yevropa Ittifoqining siyosiy institutlarini keskin tanqid qilishi 2023 yil sentyabrida Qorabogʻ ustidan nazorat tiklanganidan keyin Bokuga qoʻyilgan ayblovlar bilan bogʻliq boʻlib, shu sababli YEI Bokuga bosimni kuchaytirdi. Aliyev yevropalik mulozimlarning Ozarbayjondagi demokratiya holatiga doir muntazam eʼtirozlarini diniy omil bilan bogʻladi. Uning fikricha, islom dunyosiga qarshi «eʼlon qilinmagan urush» olib borilmoqda, Yevropa tuzilmalari esa ochiqdan-ochiq islomofobik kayfiyatni namoyish etmoqda.

Ozarbayjon rahbarining soʻzlariga koʻra, YEI 30 yillik mojaro davomida Armanistonga qarshi hech qanday sanktsiya joriy etmagan, biroq Ozarbayjonga bosim oʻtkazishni boshlagan, deb yozadi Yevropaning Brussels Signal portali.

«Gʻarb tuzilmalari yillar davomida avtoritar yetakchi sifatida koʻrsatishga urinayotgan Aliyev Yevropa yoʻlaklarida faqat shivirlab gapiriladigan gaplarni ovoz chiqarib aytmoqda. Mohiyatan, u Bryusselda allaqachon aytish unutilgan narsani — haqiqatni gapirmoqda. Aliyevning bayonoti — bu shunchaki muayyan institutga qarshi hujum emas. Bu hali ham „Yevropa orzusi“ga ishonuvchilarning barchasi uchun ogohlantirishdir: siz oʻzi chuqur maʼnaviy va institutsional inqiroz holatida boʻlgan tuzilmaga intilmoqdasiz. Agar yevropalik siyosatchilar Aliyevning ayblovlariga biror narsani qarshi qoʻya olsalar, bu faqat bir narsa: sukut saqlashdir.

Yakunda nima boʻldi? Aliyevning „poraxoʻrlar uyasi“ haqidagi soʻzlari haqorat emas, bu tashxisdir. YEIning muammosi kimdir uni „qoralayotganida“ emas. Muammo shundaki, uning oʻzi allaqachon oʻzini eʼlon qilgan narsa boʻlishdan toʻxtagan: farovon demokratiyalar ittifoqi, iqtisodiy lokomotiv, geosiyosiy oʻyinchi.

«Bugungi kunda bu zavodlarni yopayotgan, korruptsionerlarni xaspoʻshlayotgan, byudjet boʻyicha kelisha olmayotgan va Kanada bilan gaplashishga uringani uchun oʻz „katta sherigi“dan tahdidlar olayotgan tuzilmadir. Gullab-yashnayotgan bogʻni shira ochiqchasiga yeb bitirmoqda», — deya xulosa qiladi nashr.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.