Mahalliy

Shimoli-gʻarbda yomgʻir va +38° gacha issiq: 9 sentyabr uchun prognoz

9 sentyabrda Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo 38° gacha isiydi, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida esa kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin. Toshkentda kechasi 18–20°, kunduzi 35–37° boʻlishi kutilmoqda. Yogʻingarchilik boʻlmaydi. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzi harorat 32–37° ni tashkil etadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida […]

Shimoli-gʻarbda yomgʻir va +38° gacha issiq: 9 sentyabr uchun ob-havo prognozi

9 sentyabr kuni Oʻzbekistonning aksariyat hududlarida quruq ob-havo saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati 38° gacha koʻtariladi, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida esa kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.

Toshkentda kechasi 18–20°, kunduzi 35–37° boʻlishi kutilmoqda. Yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzi harorat 32–37° ni tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida eng issiq ob-havo kuzatiladi — 38° gacha. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo 32–37° gacha isiydi.

Togʻli hududlarda kunduzi 24–29° boʻlishi kutilmoqda. Kechasi u yerda harorat 12–17° gacha tushadi.

Ayrim hududlarda shamol tezligi 14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.