Layfstayl

Shifokor dam olish kunlari ko‘p uxlash salomatlikka zararli ekanini aytdi

Ko‘pchilik ish haftasidagi uyqu yetishmovchiligini shanba va yakshanba kunlari to‘ldirishga harakat qiladi. Biroq mutaxassis tushgacha uxlash odati biologik soatni izdan chiqarib, odamni yanada horg‘in qilib qo‘yishini bildirdi.

Shifokor dam olish kunlari ko‘p uxlash salomatlikka zarar yetkazishini aytdi

Ko‘pchilik ish kunlarida yetishmay qolgan uyquni dam olish kunlari qoplashga urinadi. Somnolog Ilya Smirnovning aytishicha, bunday uxlash usuli salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. U shanba-yakshanba kunlari nimalardan saqlanish kerakligini tushuntirib berdi.

Mutaxassisga ko‘ra, dam olish kunlari tushgacha uxlash odati sutkalik ritmni (odamning ichki biologik soatini) izdan chiqaradi. Natijada odam o‘zini lohas va charchagan his qiladi, yakshanba kechasi esa uxlab qolishi qiyinlashadi.

Shifokor bunday oqibatlarning oldini olish uchun dam olish kunlari odatdagidan ko‘pi bilan bir soat kechroq uyg‘onishni tavsiya qiladi.

Agar ish haftasi juda og‘ir o‘tgan bo‘lsa, yo‘qotilgan hordiqni kunduzgi qisqa uyqu bilan to‘ldirish mumkin. Smirnovning ta’kidlashicha, kunduzgi uyqu 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Shuningdek, soat 15:00 yoki 16:00 ga qadar dam olib olish maqsadga muvofiqdir.

Somnolog yana bir tez-tez uchraydigan xatoni ham qayd etdi: serial ko‘rish, ishlash yoki ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazish uchun uxlash vaqtini kechiktirish. Agar har kuni ertalab bir xil vaqtda turish kerak bo‘lsa, kech yotish odati asta-sekin surunkali uyqu yetishmovchiligiga olib keladi.

Shuningdek, mutaxassis uxlashdan oldin kompyuter o‘yinlari o‘ynamaslikni, xavotirli yangiliklarni o‘qimaslikni va ziddiyatli masalalarni hal qilmaslikni maslahat berdi. Bunday harakatlar miyani faol holatda ushlab turadi va xotirjam bo‘lishga to‘sqinlik qiladi.

Bundan tashqari, kechqurun yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish, kuchli ochlik hissi hamda kechki paytdagi og‘ir jismoniy mashqlar ham uyqu sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Psixolog Sofiya Qasimovaning aytishicha, uxlab qolishdagi qiyinchiliklar aksariyat hollarda asab tizimining ortiqcha qo‘zg‘alishi va uxlashdan oldingi noto‘g‘ri odatlar bilan bog‘liq.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.