Sport

Shaxmat toji uchun bahs oldidan Sindorov yaqqol ustunlikka ega

FIDE ikki grossmeysterning o‘zaro uchrashuvlari statistikasini e’lon qildi

Shaxmat toji uchun bo‘ladigan bahs arafasida Sindorov aniq ustunlikka ega

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) shaxmat toji uchun o‘tadigan bellashuv oldidan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov va hindistonlik amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasini e’lon qildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, klassik formatda Sindorovning ustunligi yaqqol ko‘rinadi — o‘zaro uchrashuvlar hisobi vakilimiz foydasiga 2,5 : 0,5 ko‘rinishida katta farq bilan qayd etilgan. Blitsda ham Javohir oldinda — 2:0. Rapid yo‘nalishida esa kichik ustunlik Gukesh tomonida (1:0).

Shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi (Salesforce FIDE World Championship 2026) uchun asosiy bahsga joriy yilning 24-noyabr — 12-dekabr kunlari Shveysariyaning Jeneva shahri mezbonlik qiladi. O‘sha paytda har ikki grossmeyster ham 20 yoshda bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.