Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston Xitoy bilan oʻyindan keyin peshqadamlikni saqlab qolmoqda
Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Samarqanddagi olimpiadada gʻalabali ishtirokini davom ettirmoqda.

Shaxmat olimpiadasi: Oʻzbekiston Xitoy bilan uchrashuvdan keyin peshqadamlikni saqlab qolmoqda
23 sentyabr kuni 7-turning markaziy oʻyinida mezbonlar jamoasi Xitoy terma jamoasi bilan oʻynadi.
Ushbu bahs oldidan Xitoy (Armaniston kabi 11 ochko) Oʻzbekistonning (12 ochko) eng yaqin taʼqibchilaridan biri edi.
Javohir Sindarov Vey I bilan, Muhiddin Madaminov esa Syuy Syanʼyuy bilan oʻyinni durang bilan yakunladi: 1:1.
Hal qiluvchi partiyalarda Nodirbek Abdusattorov 17-jahon chempioni Din Lijenni, Nodirbek Yakubboyev esa Yuy Yanʼini magʻlub etdi. Natija — 3:1.
Ushbu gʻalabadan soʻng Oʻzbekiston oʻz ochkolarini 14 taga yetkazdi va yakka peshqadamlikni saqlab qoldi. Yana beshta terma jamoa — Niderlandiya, Hindiston, Germaniya, Ozarbayjon va Armaniston hisobida 12 ochkodan bor.
Oʻzbekiston barcha 7 ta oʻyinda gʻalaba qozondi: Yamayka (4:0), Peru (3,5:1,5), Avstriya (3,5:1,5), Turkiya (2,5:1,5), Vengriya (4:0) va Hindiston (2,5:1,5).
8-turda Germaniya raqib boʻladi.

