Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar
Oʻzbekiston va Ozarboyjon rahbarlari huzurida 10ga yaqin hujjatlar imzolandi.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik shartnomasini imzoladilar.
Yuqori darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnomani hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishi qarorini imzoladilar.
Davlat rahbarlari ishtirokida quyidagi hujjatlar imzolandi:
– Pensiya taʼminoti sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
– Madaniyat sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
– Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
– 2030-yilga qadar tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;
– Investitsiyalar va savdo sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;
– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Adliya vazirliklari oʻrtasida 2027-2028-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;
– Kinologiya sohasida tajriba almashish va hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum;
– Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bayonnomalar.

