Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar oʻrtasida ID-kartalar orqali sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirishni taklif qildi

Anqaradagi yigʻilishda Oʻzbekiston yetakchisi turkiy mamlakatlar hududlarida boʻlish va chegaralarni kesib oʻtish tartibini soddalashtirishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar oʻrtasida ID-kartalar orqali safar qilish imkoniyatini kengaytirishni taklif etdi

Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev Anqarada oʻtkazilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yigʻilishida ishtirok etmoqda.

Sammitda Oʻzbekiston rahbari turkiy davlatlar oʻrtasida ID-kartalar orqali safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, chegaralarni kesib oʻtish va ushbu mamlakatlar hududida boʻlish qoidalarini yengillashtirish tashabbusini ilgari surdi.

«Turizm sohasidagi ulkan imkoniyatlardan ham toʻliq foydalanishimiz zarur. Birgina 2022 yilda mamlakatlarimizga 40 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Turkiy xalqlarning tarixiy shaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondoʻstlik anʼanalarini dunyoga birgalikda taqdim etish uchun Turkiy turistik alyansni tashkil etish vaqti keldi», — dedi davlat rahbari.

Oʻzbekiston Prezidenti xalqlarni yaqinlashtirish va ularning hayotini yengillashtirish maqsadida fuqarolarning oʻzaro safarlari toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitim tayyorlashni ham taklif qildi.

«Unda ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytirish, chegaralarni kesib oʻtish va qabul qiluvchi davlat hududida boʻlish tartibini yengillashtirish masalalari oʻz aksini topishi kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.