Shavkat Mirziyoyev Shinhan Financial Group bilan moliyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni Seulda Shinhan Financial Group raisi Chjin Ok Don bilan uchrashdi. Uchrashuvda moliyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda infratuzilma, qayta tiklanuvchi energetika va sanoat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Oʻzbekiston tijorat banklari uchun kredit liniyalari ajratish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganini qayd etdilar. Mamlakatda shoʻʼba korxonasini tashkil etish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi […]

Shavkat Mirziyoyev Shinhan Financial Group bilan moliyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni Seulda Shinhan Financial Group raisi Chjin Ok Don bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar moliyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda infratuzilma, qayta tiklanuvchi energetika va sanoat sohalarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqdilar.
Oʻzbekiston tijorat banklari uchun kredit liniyalari ajratish toʻgʻrisida bitim imzolangani qayd etildi. Mamlakatda Shinhan Bank shoʻʼba bankini tashkil etish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.
Bundan tashqari, yangi moliyaviy vositalarni jalb qilish, «yashil» kreditlash va raqamli bankingni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Kichik va oʻrta biznes vakillari uchun maxsus moliyaviy yechimlarni joriy etishga alohida urgʻu berildi.
Tomonlar Shinhan kompaniyasining Oʻzbekiston moliya sektoridagi ishtirokini yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

