Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rustam Emomalini “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi

Oʻzbekiston yetakchisi Tojikiston parlamenti yuqori palatasi raisini ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun mukofotladi.

Shavkat Mirziyoyev Rustam Emomalini “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni Tojikiston Majlisi milliy raisi Rustam Emomalini “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Rustam Emomalini qabul qilgan.

Uchrashuv boshida Tojikiston parlamenti yuqori palatasi raisi Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasida savdo va yuk tashish hajmlari ortib borayotganini qayd etgan. Shuningdek, sanoat, qurilish, energetika, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.

Uchrashuvda Qo‘shma investitsiya kompaniyasi samarali faoliyat yuritayotgani ham aytilgan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat poytaxtlari va hududlari o‘rtasidagi bevosita aloqalarni rivojlantirish, madaniyat, ta’lim va turizm sohalaridagi almashinuvlarni kengaytirish zarurligi qayd etilgan.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda parlamentlarning rolini kuchaytirish, parlamentlararo komissiyalar, do‘stlik guruhlari va sohaviy qo‘mitalar faoliyatini faollashtirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.

Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Rustam Emomalini ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashdagi katta xizmatlari hamda parlamentlararo muloqotni kengaytirish borasidagi samarali faoliyati uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.