Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev ROX Group asoschisi bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 sentyabr kuni Vyetnamning ROX Group investitsiya guruhi asoschisi An Tuan Chan bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va Oʻzbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildilar. 1996 yilda tashkil etilgan ROX Group Vyetnamning yirik koʻp tarmoqli investitsiya guruhlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya koʻchmas mulk, energetika, bank ishi, mehmonxona biznesi va […] sohalarida faoliyat yuritadi.

Shavkat Mirziyoyev ROX Group asoschisi bilan investitsiya loyihalarini muhokama qildi

11 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vyetnamning ROX Group investitsiya guruhi asoschisi An Tuan Chan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat davomida tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va Oʻzbekistonda yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish masalalarini koʻrib chiqdilar.

1996 yilda tashkil etilgan ROX Group Vyetnamning yirik koʻp tarmoqli investitsiya guruhlari qatoriga kiradi. Kompaniya koʻchmas mulk, energetika, bank ishi, mehmonxona biznesi va xizmat koʻrsatish sohalarida faoliyat yuritadi.

Hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida zamonaviy shahar va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika, geologiya, moliya sektori va turizm belgilandi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha kelishilgan «yoʻl xaritasi»ga muvofiq, ROX Group ishtirokidagi amaldagi va yangi loyihalarni amalga oshirishni tezlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.