Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga ikki kunlik safar qiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻistonga tashrif buyuradi. Ikki kunlik safar davomida u yangi loyihalar, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, u hududni rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazadi.

Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketadi
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyuradi, deb xabar berdi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Ikki kunlik safar doirasida davlat rahbari sanoat, qishloq xoʻjaligi, taʼlim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, shuningdek, aholi bandligini taʼminlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Bundan tashqari, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishini boshlash rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Prezident, shuningdek, Qoraqalpogʻistonni kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazadi.

