Mahalliy

Shavkat Mirziyoyev Lotte Group raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Koreya Respublikasiga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev Lotte Group raisi Shin Don Binni qabul qildi.

Shavkat Mirziyoyev Lotte Group raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Oʻzbekiston rahbari mamlakatdagi eng yirik koreyalik investorlardan biri boʻlgan ushbu kompaniya bilan koʻp yillik samarali hamkorlikni qayd etdi. Ustyurt gaz-kimyo majmuasining muvaffaqiyatli faoliyati alohida taʼkidlandi.

Tomonlar ilgʻor Koreya texnologiyalari asosida Oʻzbekistonda developerlik loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, mis folga ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston yetakchisi kompaniyaning respublikadagi turistik markazlarni boshqarish va mehmonxona biznesida xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha rejalarini qoʻllab-quvvatladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama loyihalar amalga oshirilishini monitoring qilish boʻyicha ishchi guruh tuzish yuzasidan kelishuvga erishildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.