Siyosat

Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan davlat mukofotlarini topshirish marosimida mukofotlanganlarni

Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan taqdirlanganlarni yana bir bor qutladi.

Davlat rahbari har bir mukofot sohibining mehnati va jasorati alohida e’tirofga loyiq ekanligini ta’kidladi.

Shu kunlarda viloyatlarda unvon, orden va medallarni qabul qilayotgan vatandoshlarga ham samimiy tabriklar yo‘llandi.

Prezident mukofotlanganlar orasida O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlab, mamlakatga yirik sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar olib kirayotgan xorijiy hamkorlar ham borligini qayd etib, ularga minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev davlat mukofotlarini tantanali ravishda o‘z egalariga topshirdi.

Marosim yakunida Prezident: «Ko‘ksingizga yarashib turgan yuksak unvon, orden va medallarga odamlar havas bilan qaraydi, yoshlarimiz sizlarga o‘xshashga intiladi. Bu sizlarga kelgusi ishlaringizda yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi deb ishonaman», – dedi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.